Sportchilarning texnik va taktik tayyorgarligi nazoratining metrologik asoslari
Download 319 Kb.
|
Sportchilarning jismoni tayyorgarligi nazoratining metrologik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taktik tayyorgarlik usuliyati
Taktik tayyorgarlik maqsadi
Taktik tayyorgarlikning asosiy maqsadi sportchida o’zi uchun g’alaba darajasidagi natijaga erishadigan yoki mashg’ulotlarda eng yuqori natijani qo’lga kiritadigan sharoitni yarata bilish va ish olib borish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Taktik tayyorgarlik usuliyati Taktik harakatlarga o’rgatish va ularni takomillash-tirish «ma’lumdan noma’lumgacha», «Osondan qiyingacha» kabi didaktik qoidalar asosida amalga oshirib boriladi. Sportning siklik bo’lmagan turlari. Muallif V.S.Keller (1986) A − raqibsiz mashg’ulot uslubi – texnik – taktik xarakat asoslarini egallash, ularni ongli ravishda tahlil qilishga o’rgatish uchun qo’llaniladi. Vositalar – asosiy holatlar va qoidalar, harakatlar, taqlidli (imitatsiyali) mashqlar. Masalan boks, soya bilan jang. B – shartli raqib bilan kurashib tayyorgarlik qilish uslubi – unda quyidagi yordamchi snaryadlar va moslamalardan foydalaniladi: nishonlar, manekenlar, trenajer qurilmalari, dasturli qurilmasi bo’lgan raqib modeli va boshqa shunga o’xshashlar. Vositalar – yakka tartibda mashq qilinadigan, shuningdek, seriyali mashqlarni o’z ichiga olgan musobaqalashuv mashqlari. Masalan, otishni imitatsiya (taqlid) qilish nishonga qarab nayza otishni mashq qilish, rapira bilan mashq qilish, maneken bilan kurash tushish va boshqa shunga o’xshashlar. V – sherik bilan mashq qilish uslubi – bu taktik harakatlarni egallash uchun asosiy uslubdir. Bunda sherik sportchiga faol yordam ko’rsatadigan kishi bo’ladi. Vositalar – taktikani takomillashtirishga qaratilgan juft-juft bo’lib va guruh-guruh bo’lib bajariladigan mashqlar. Misol – futbol, voleybol, qo’l to’pi va boshqalar. G – raqib bilan kurashib mashq qilish uslubi – taktik harakatlarni detallarga ajratib chiniqtirish, taktik jihatdan takomillashtirish, sportchi individual xususiyatlaridan keng foydalanish, raqib tomonidan vujudga keltiriladigan turli xil vaziyatlarda taktik harakatlardan foydalanish imkoniyatini ishga solish uchun qo’llaniladi. Vositalar – musobaqalashish mashqlari. Masalan, ikki tomon qatnashadigan o’yinlar. Sportning siklik turlari. P.Matveyev (1977) yil. A – distansiyada sharoitni yengillashtiruvchi imkoniyatlar yaratish – musobaqada oldindan borib ilg’orlik qilish, harakat tezligi to’g’risida muvofiqlashtiruvchi axborotlar berish. B – sharoitni qiyinlashtiradigan to’siqlarni vujudga keltirish, masofani qiyinchiliklardan o’tib zabt etish, oson bo’lmagan sharoitlarda (yomg’ir, shamol, jazirama issiq va boshqa shunga o’xshashlar) bajarish. V – taktik sxemaga rioya qilish, makon-vaqt va dinamik jihatdan mashqning bir-biridan jiddiy ravishda farq qiladigan ko’rinishlari bo’lgan paytlarda yoki, ko’pincha, kutilmagan taktik o’zgarib qolgan (tikka qarab harakat qilish, tog’dan pastga qarab tushish, tezlikning o’zgarishi va boshqa shunga o’xshash) sharoitlarda ham taktik sxemani saqlashga harakat qilish. G – taktik sxemani ancha charchagan va bu charchoq tobora ortib borayotgan sharoitda amalga oshirish. D – taktik harakatlarini tayyorgarlik oxirida, chidamlilik ishlari amalga oshirilgandan keyin kuch-quvvatni oshirish uchun tayyorgarlik hamda boshqa shunga o’xshash mashqlardan keyin bajarish. E − xuddi mana shu sxema bo’yicha sportning har qanday turi uchun texnik takomillashuvining muayyan modellarini ishlab chiqish mumkin. Musobaqa taktikasini tuzishga musobaqalar boshlanishidan ancha ilgariroq kirishiladi. Musobaqa o’tkaziladigan joyni o’rganish. Musobaqalar o’tkaziladigan sharoitni, unda qatnashadigan sportchilar tarkibining taxminiy soni va boshqa shunga o’xshash ma’lumotlarni aniqlash. Buning uchun olingan axborotlar asosida tayyorgarlikning uzoq muddatga mo’ljallangan sxemasini tuzib chiqish. Axborot qanchalik to’liq va aniq bo’lsa, tayyorgarlik tizimi shunchalik real va ishonchli bo’ladi. J – g’alabaga erishish yo’lida bir-biriga potensial raqib bilan kurashish ehtimoli tutilgan (barcha) raqiblarning imkoniyatlarini o’rganib chiqish. Buning uchun yakkama-yakka olishuvining (hozircha qismlarga ajratib detallashtirilmagan) sxemasini tuzib chiqish. Muayyan raqiblarning taktik imkoniyatlarini o’rganib chiqish asosida har bir startning musobaqalashish faoliyati taktikasini ishlab chiqish. SHunday qilib, asosiy musobaqalarda ishtirok etish oldidan (mazkur musobaqalarga qancha vaqt qolganligiga qarab) quyidagi texnik-taktik harakatlarining sikllari (yillik, yarim yillik sikllar) modeli ishlab chiqiladi: − uzoq muddatli (bir yillik, yarim yillik, bir necha yilga mo’ljallangan) sikllar. − istiqbolli − musobaqalar davri uchun mo’ljallangan sikllar. − muayyan – har bir raqib imkoniyatlarini hisobga olgan holda har qaysi sportga alohida tuzib chiqiladi. Sport o’yinlari, yakkama-yakka olishuvlar chog’ida raqib har xil (bir qancha vavriantlardagi) texnik-taktik sxemalar qo’llashi mumkin ekanligini hisobga olib, bir emas, balki bir qancha modellarni ishlab chiqish zarur bo’ladi. Bundan tashqari, sportchining o’zi musobaqalashish vaziyatida vujudga kelgan sharoitdan kelib chiqqan holda, garchi unga start oldidan berilgan ko’rsatmalarda (o’yinchilarning joylashtirilishi, hujumkor uslub, presseng) bu narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa ham, u o’zining jangovar harakatlari modelini tuza olish mahoratiga ega bo’lishi g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Download 319 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling