«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavsifi»
Download 340 Kb.
|
«Sportlarda musobaqadan oldingi holatning umumiy psixologik tavs
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so’ng jahon birinchiliklari va xalqaro olimpiada o’yinlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bois so’nggi yillarda Respublikamizda ko’pgina sport turlari jadal rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda sportchilarni sport musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlash ko’p bosqichli, turli xil usullar vositasida amalga oshiriladigan qiyin va ijodiy – tarbiyaviy jarayondir. Shuningdek, o’quv, tarbiyaviy va amaliy faoliyatda sportchilarni jismoniy mashqlarga hamda sport musobaqalariga ruhan tayyorlash, musobaqada g’alaba qilishga, yangi rekordlar o’rnatish usullari ham rang-barangdir. Bizning magistrlik dissertasiyamizning asosiy maqsadlaridan biri, u ham bo’lsa sportchi yoki jamoa a’zolarining sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishi, birinchi navbatda, ularning ma’naviy, mafkuraviy, irodaviy, jismoniy, texnik, taktik tayyorgarligiga bog’liq. Sport amaliyotida bo’lajak aniq musobaqalarga psixologik jihatdan alohida tayyorgarlik ko’rgan sportchilarning ko’pincha g’alaba qozonishi ilmiy isbotlangan. Demak, sport mutaxassislari va murabbiylar sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ulardan sportchining musobaqaga ruhan tayyorlash bosqichlarining nazariy va amaliy jihatdan puxta bilishlari talab qilinadi. Biz ishimizning ikkinchi bobida, sport turlarining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashda, sportchilarga raqib va bo’lajak musobaqalarning shart-sharoitlari haqida yetarlicha mu’lumotlar berib bordik, hamda sport mashg’ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma’lumotlarni tekshirib ko’rib, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish vaqti yoki kutilmagan o’zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g’alaba keltirish imkoniyatlarini o’rgandik. Sportchilarga musobaqada qatnashishidan ko’zlangan maqsad va vazifalarni aniq belgilab olimlari haqida ko’rsatmalar berildi, sportchining musobaqaga ishtirok etish sababi, mohiyati va aniq maqsadini aniqlash, g’alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyati tushuntirib berildi. Shuningdek sportchining bo’lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, aqliy sifatlarini o’stirishga e’tibor berish, musobaqadagi taktik va texnik jihatdan ruhiy tayyorgarlikni oshirish va sportchini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida ko’tilmagan maxsus to’siqlar vujudga keltirish, ular bu to’siqlar va qiyinchiliklarni yenga oladigan malaka va ko’nikmalar hosil qilish uchun qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazdik. Biz sportchiga musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan ichki ruhiy holatni boshqarish uslublaridan foydalanish haqida tushunchalar berish bilan birga, sportchini musobaqa boshlanishda ruhiy ko’tarinkilikka, asa tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga o’rgatdik. Magistrlik dissertasiya ishimizda respublikasiz sportchilri erishayotgan natijalar yuqorilab bormoqda. Shundan ko’rinib turibdiki, sportchi imkoniyatlari cheksiz. Sportchi faqat ko’zlagan maqsadga erishish uchun o’zining ruhiy, jismoniy imkoniyatlarini safarbar qilish yo’llari to’g’risida tushunchalarga ega bo’ldilar. Biz sportchilarda bunday bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish, mutuxassislar, jismoniy madaniyat o’qituvchilari va murabbiylarning doimo diqqat markazida bo’lishi shart. Ular sportchilarni jismoniy mashq va sport musobaqalariga psixologik tayyorlashning tavsif etiladigan bir qancha uslublaridan foydalanish turlarni taklif qildik. Biz taklif qilgan uslublarning barchasi, sportchi kuchli hayajon bo’ladiganligi bois, musobaqa jarayonida sodir bo’ladigan ko’pgina voqyea va hodisalarning kelib chiqish sabablarini diqqat bilan aqlan hal qilishda kutilmagan qiyinchiliklarga uchraganda, undan chiqib ketishda yordam beradi.
Download 340 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling