Sportning nazariy asoslari


II BOB. SPORT MASHG‘ULOTLARINING VOSITALARI


Download 185.5 Kb.
bet4/12
Sana22.12.2022
Hajmi185.5 Kb.
#1043845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Normurodov Javohirbek Bahriddin o‘g‘li

II BOB. SPORT MASHG‘ULOTLARINING VOSITALARI

2.1. Sport mashg‘ulotlarining vositalari


Insonning harakat faoliyati asosida harakat vazifalarini bajarish usuli sifatidagi harakat kuchi yotadi. Sport mashg‘ulotlarining vositalari - sportchini mahoratiga to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoki bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi har xil jismoniy mashqlardir. Sport mashg‘ulotlarini vositalar tizimiga aniq sport turini, mutaxassislik sport predmeti bo‘lib hisoblanadigan mashqlar tanlanadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari harakat faoliyatining vazifalarini xal yetish vositalaridir. Harakat kuchi makondagi harakat shakli (harakat) va holatlar (vaziyat)dan iborat bo‘lishi mumkin. Qo‘yilgan vazifalarga ko‘ra harakat kuchi maishiy, mehnat, o‘quv yoki sport harakteriga yega bo‘lishi mumkin. Agar biz yurib ketayotgan transportga ( masalan, avtobusga)yetib chiqib olish uchun yugursak, unda harakat kuchi sifatidagi yugurish maishiy yo‘nalishga yega bo‘ladi. Agar biz yugurish texnikasini yaxshilash yoki chidamlilik, tezlikni oshirishi maqsadida yugursak, unda harakat kuchi sifatidagi yugurish sport yo‘nalishiga yega bo‘ladi. Shuning uchun xam xar qanday harakat kuchi jismoniy mashq hisoblanavermaydi, faqat ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan jismoniy takomillashish yoki sport tayyorgarligi vazifasini hal
yetuvchilarigina jismoniy mashq doirasiga kirishi mumkin.
Jismoniy mashqlar bir (yegilish, o‘tirish, va x.k) yoki bir qator harakatlardagi (o‘yinlar, gimnastika mashqlari va boshqa) iborat bo‘lishi mumkin.
Sport mashqlari harakat ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish yoki sportchini funksional imkoniyatini oshirishga qaratiladi. Har ikkala holatda xam bu sportchiga taqdim yetilayotgan ishga moslashish (tanani harakat faoliyatiga ko‘nikishi) qonuniyati bo‘yicha amalga oshadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish paytida kishi tanasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar mashq samarasi sifatida belgilanadi. Mashq bajargandan keyin tanada qoladigan o‘zgarishlar izli mashq samarasi sifatida belgilanadi.
Mashg‘ulotlar, izli mashq samaradorligining ma’lum davrini umumlashtirish yakuniy yoki mashq samaralarining ma’lum davrini umumlashtirish yakuniy yoki mashq samarasi sifatida belgilanadi.

Download 185.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling