Sportning nazariy asoslari
Download 185.5 Kb.
|
Normurodov Javohirbek Bahriddin o‘g‘li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ritmik tavsiflar
- Sportda qo‘llaniladigan uslublar
Fazoviy vaqt tavsifiBular tana va uning qismlarini makonda siljishini belgilaydi: -tezlik, -tezlanish, -sekinlanish. Dinamik tavsifiBu harakat jarayonida tashqi va ichki kuchlar o‘zaro aloqasini aks ettiradi. Bosh ichki kuch - mushakning taranglashuvi. Tashqi kuchlar - og‘irlik (tortish) kuchi, ishqalanish kuchi, qarshilik kuchi, tayanch mo‘ljali kuchi va x.k. Misol: og‘ir atletika - og‘irlik kuchi, tayanch mo‘ljal kuchi, markazdan qochish va markazga intilish kuchi va x.k. -suzish suvning ishqalanish kuchi -velosiped muhitning qarshilik kuchi. Ritmik tavsiflarHarakat ritmi uchun harakatning kuchi, alohida kuch bilan bajariladigan qismlarining vaqt jihatdan xilma - xil munosabatda bo‘lishi bilan xarakterlidir. Ritmik harakatning ayrim yelementlari bir butun harakat qilib birlashtirilganligi sababli, umuman harakatni tezlatish yoki sekinlatishga qaramasdan (barcha yelementlarning tezligini proporsional ravishda o‘zgartirganda). Bu harakatning umumiy ritmik ko‘rinishi ma’lum sharoitlarda o‘zgarishsizqolishi mumkin. Sportda qo‘llaniladigan uslublarJismoniy mashqlarni qo‘llash usullari sport mashq uslublari sifatida tushuniladi. Masalan: Yugurishdagi mashqlar sport mashg‘ulotlari vositasi sifatida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarga ko‘ra turli ko‘rinishlarida qo‘llaniladi. -yugurish qadamlari texnikasi ustida ishlayotganda qomatni tik tutib yurish mashqi (variant sifatida) tavsiya yetiladi; -chidamlilikni rivojlantirish uchun kamroq tezlik bilan uzoq masofalarga yuguriladi; -tezlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qisqa masofaga katta tezlikda yuguriladi. Shunday qilib u yoki bu usulni qo‘llash mashg‘ulo oldiga qo‘yiladigan vazifalar bilan belgilanadi. Sport mashg‘ulotida qo‘llaniladigan usullar didaktik (umumpedagogik) va an’anaviy (sport pedagogikasida qo‘llaniladigan) kabilarga bo‘linadi. Ko‘z mo‘ljali. Bu usullar harakatni masofa va vaqt nuqtai nazaridan to‘g‘ribajarishga yordam beradi. Mo‘ljal uchun maxsus belgi va ashyolardan foydalaniladi. Masalan: Uzunlikka sakrashda tezlanish chiziq belgisi. -Tegishli balandlikka osilgan bayroqcha snaryadni uloqtirish yo‘nalishini belgilashga yordamlashadi. -Mashq devoridagi futbol darvozasi tasvirini ko‘rsatuvchi chiziqlar va x.k. Bulardan (yeng soddalaridan) tashqari svetolider (yuguruvchi yo‘lak ko‘rinishidagi) turidagi murakkab qurilmalar qo‘llanilishi mumkin, bunda yelektr chiroqlarini ketma - ket yoqilishi sportchi uchun harakat (yugurish, suzish) tezligini belgilaydi. Download 185.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling