Sptning imkoniyatlari Reja


Sotsial psixologik treningni asosiy tiplari va ko’rinishlari


Download 219.5 Kb.
bet8/11
Sana26.01.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1128936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
SPTning imkoniyatlari

Sotsial psixologik treningni asosiy tiplari va ko’rinishlari.


Treninglarning asosiy vazifalari quyidagilar bilan izohlanadi:

    1. shaxsning sotsial psixologik bilimdonligini oshirish;

    2. muloqot (muomala) faoliyatida namoyon bo’ladigan yaqqol bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni hosil qilish;

    3. samarali muloqotda namoyon bo’ladigan zarur sifatlar, sotsial ustanovkalarni shakllantirish, noadekvatlarini tuzatish (korrekstiya);

    4. o’zini o’zi to’laroq anglash, bilish hamda o’zgalarga nisbatan to’g’ri munosabatlarni shakllantirish qobiliyatini o’stirish;

    5. umuman shaxsning sotsial munosabatlari tizimini yaqqol sotsial- psixologik vaziyatlarga mosligini ta’minlash va muvofiqlashtirish.

Shunday qilib, trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi zarur. Mashg’ulotlarning muvaffaqiyati ayrim tamoyillarga aniq bo’ysunishini va boshqarish malakasi mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Har bir mashg’ulot va muloqot sheriklarning maksimal tarzda bir — birlarini hurmat qilishlariga asoslanmog’i kerakki, natijada shaxs bunday mashg’ulotlardan keyin begona fikrlarni ham qadrlashga, ular bilan hisoblashishga, «kuzgu
bo’lish» va birovlarni tinglashga, mos tarzda o’z fikr mulohazalarini bayon etishga o’rganadi.

Psixologik treninglarning ikkita asosiy turi mavjud:


      1. tabiiy trening
      2. maxsus tarzda uyushtirilgan trening


Tabiiy treningga kishining sotsial hayoti munosabatlar ta’sirida, kundalik hayot faoliyati taqozosi bilan shakllanish imkoniyati mavjud bo’lgan aniq sotsial psixologik vaziyatlar kiritiladi. Masalan: Yosh bolalarning turli sotsial rollar doirasida o’zaro har xil rolli va syujetli o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishlari unda turli rollarni improvizatsiya qilishlari (mehmon, mezbon, o’qituvchi, doktor) va hokazolar tabiiy ravishda ulardagi nafaqat dunyo qarashni (o’zgartiradi) shakllantiradi, balki bo’lg’usi sotsial faoliyatga tayyorgarlik vazifasini o’taydi.

Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling