СўРОҚ Ўтказиш тактикаси
A. Voqea, hodisa va predmetlarni idrok qilish
Download 97 Kb.
|
SO`ROQ QILISH PSIXOLOGIYASI
A. Voqea, hodisa va predmetlarni idrok qilish.
Ko`rsatuv so`roq qilinuvchining bergan dalillarini idrok qilishdan boshlansa, kriminalistikada esa so`roq qilinuvchi o`zi idrok qilgan voqea va hodisa jinoiy huquqiy xarakterga ega ekanligini tushunib yetgandan so`ng boshlanadi. Psixologik ko`rsatuv tashkil topish vaqtiga ko`ra, tergovdagi ko`rsatuvdan oldin yuzaga keladi, ya`ni guvoh dastlab voqeani idrok qiladi, so`ngra esa uning navbatdagi tergov uchun ahamiyatli ekanligini tushunib yetadi. Tashqi olamni idrok qilishning oddiy shakli his etishdan boshlanadi. His etish bu real olamdagi predmet va hodisalarning sezgi organlariga bevosita ta`siri natijasida yuzaga kelgan ayrim sifat va xususiyatlarning oddiy ifodasidir. His etish obyektiv borliqning sezgi organlarimizga ta`sirining natijasi bo`lib, u boshlang`ich psixologik bilish protsessi hisoblanadi. Tashqi moddiy olam predmetlarini his etish, ko`rish, eshitish, teri orqali sezish, ushlab ko`rish sezgi organlarimizga ta`sir etish yordamida yuz beradi. His etish orqali biz predmetlarning rangi, hidi, ta`mi, silliqligi, dag`alligi va shu kabi xususiyatlarni bilib olamiz. So`roq qilinuvchilarning ko`rsatuvidagi ma`lumotlar ularning ongida qayta tiklanganligi sababli ularning hajmi va sifati obyektiv va subyektiv omillar bilan belgilanadi. Predmet va hodisalarni yetarlicha to`la va aniq idrok qilishga zehnning normal sharoiti yetarlicha qulay bo`lmasligi kabi obyektiv omillar ta`sir ko`rsatadi. Idrok qilishga ta`sir etuvchi obyektiv omillar quyidagilar: - kuzatilayotgan voqeaning qisqa muddatliligi, qisqa vaqt ichida sezgi organlari barcha hodisani tasavvur qila olmaydi, masalan, kishi ko`zi bilan ko`rganlarni idrok qiladi, lekin eshitib idrok qilishga ulgurmaydi. - kuzatishdagi noqulay ob-havo sharoiti; - kuzatish vaqtidagi yorug`likni yetarli bo`lmasligi; - idrok qilishning bir xil vaziyatdaligi; -kuzatilayotgan voqea va obyektlar harakatining davomiyligi; - kuzatiluvchi yoki ta`sir etuvchi omilning juda ko`pligi yoki juda kamligi; - kuzatilayotgan hodisa vaqtida shovqinning kuchliligi. Idrok qilishga ta`sir ko`rsatuvchi subyektiv omillar quyidagilar: - professional malaka; - sezgi organlarining normal holati, charchoq va hayajonning yo`qligi; - qabul qilishning tanlanishi; - sezgi organlarining xususiyatlari; - horg`inlik yoki mastlik, kuzatilgan voqea va hodisalarni bilmaslik, tushunmaslik; - kuchli hayajonlanish, g`amginlik; - ruhiy ezilganlik holati; - hodisaga e`tiborsizlik, voqeaga loqaydlik bilan qarash; - kuzatilayotgan hodisaning murakkabligi. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling