СўРОҚ Ўтказиш тактикаси
b) gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarda tez-tez uchrab turadigan ”o`z fikrini himoya qilish“ga urinish harakati
Download 97 Kb.
|
SO`ROQ QILISH PSIXOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 So`roq o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish
b) gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarda tez-tez uchrab turadigan ”o`z fikrini himoya qilish“ga urinish harakati;
v) so`roq qilinuvchining mijozi va xarakteri; g) kishilarning ta`sirlanishga moyilligi (masalan, irodasiz kishilarda, bolalarda ta`sirlanish kuchli bo`ladi); d) xayolparastlikka moyillik, xayolparastlik elementi, ayrim hollarda so`roq qilinuvchi o`zi ko`rgan voqea va hodisalarni to`la idrok eta olmay uni xuddi ko`rgandek atroflicha o`z ko`rsatuvida bayon qilishga intiladi; ye) so`roq qilinuvchining o`z fikrini tuzish qobiliyati; agar so`roq qilinuvchi o`zidagi ayrim kamchilik yoki boshqa sabablar tufayli o`z fikrini aniq ifodalay olmasa, tergovchi aniqlovchi savollar bilan unga ko`rsatuvni to`g`ri ifodalashga yordam beradi. So`roq qilinuvchidan tergovni qiziqtiruvchi voqea to`g`risida batafsil va izchil gapirib berish yoki faqat ayrim hodisani eslash iltimos qilinadi. Tergovchi ko`rsatuvni qabul qilishda ayrim xatolikka yo`l qo`yishi mumkin. Bu xato so`roq qiluvchining tegishlicha professional tayyorgarlik ko`rmagani natijasidadir. Shunday qilib, ko`rsatuvning sifati so`roq predmetiga, qabul qilishning tashqi sharoitiga, xotirada saqlab qolishga, qayta tiklashga hamda so`roq qilinuvchi va so`roq qiluvchining shaxsiy subyektiv sifatlariga bog`liqdir. 2 So`roq o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish Jinoyat bilan bog`liq holatlarni bilib olish, aniqlash ma`lum tayyorgarlik ko`rishni, uning o`ziga xos xususiyatlarini, ayblanuvchining shaxsini puxta o`rganishni talab etadi. Ayblanuvchining shaxsini o`rganishda uning ma`naviy dunyosi, turmushdagi o`rni, yurish-turishiga doir tomonlar batafsil o`rganilishi kerak. So`roq odatda tergovchi xonasi yoki maxsus ajratilgan xonada olib borilishi kerak. So`roq qilish xonasida so`roq qilinuvchi o`zini nihoyatda erkin sezishi, uning ruhiyatiga moslangan bo`lishi, so`roq qilinayotgan xonada kishi e`tiborini chalg`itadigan keraksiz narsalar, jihozlar bo`lmasligi, hattoki tashqi dunyo bilan aloqa uzilgan bo`lishi zarur. Ayblanuvchini so`roq qilishdan oldin tergovchining butun harakati, e`tibori faqat shu masalaga qaratilishi, mazkur tayyorgarlikda tergovchi sertakalluf bo`lishi bilan o`zini davlat vakili sifatida ko`rsata olishi lozim. Gumon qilinuvchi va ayblanuvchini so`roq qilishdan avval unga nisbatan qanday dalillar mavjud, so`roq jarayonida ular yolg`on ko`rsatuv berar bo`lsa, uni fosh etish uchun qo`llanadigan dalillar, hujjatlar puxta tekshirilgan bo`lishi lozim. So`roq jarayonida so`roq qilinuvchi shaxsga uni ko`rsatmasini tekshirish, ayrim qismlarini to`ldirish va aniqlash uchun qo`yiladigan savollar oldindan, taxminan bo`lsa-da, tayyorlanib qo`yilishi lozim. So`roq qilinuvchilarning qaysilari birinchi, qaysi birlari keyingi navbatda so`roq qilinishi lozimligini ham tergovchi jinoyat ishidagi materiallar bilan tanishib chiqqandan keyin belgilab olishi zarur. Jinoiy harakatning qaysi bir holatlari kim tomonidan to`laroq yoritilishiga qarab so`roq qilinuvchilar tartibi belgilanishi maqsadga muvofiq. So`roq o`tkazish vaqti va joyi ham tergovchining o`z tajribasi va ishining alohida holatlariga qarab belgilanishi mumkin. So`roqqa tayyorgarlik ko`rish quyidagilardan iborat: a) jinoyat ishini o`qib o`rganib chiqish; b) guvohning ayblanuvchiga, jabrlanuvchiga va ish bo`yicha ayrim dalillarga nisbatan bo`lgan munosabatini aniqlash; v) so`roq vaqtida beriladigan savollarni belgilab qo`yish; g) so`roq vaqtida kerak bo`lib qoladigan materiallarni, ashyoviy dalil bo`lgan hujjatlarni tayyorlash; d) so`roq qilish vaqtini va joyini belgilash. Jinoyat ishi bilan tanishish jarayonida qaysi guvohdan qanday faktlarni aniqlash, ular qay darajada voqeani yoritib bera olishi va boshqa masalalar hal qilinadi. Ish bo`yicha guvohlarning soni ko`p bo`lsa, ularning har birining shaxsi aniqlanib, ishning epizodlariga asosan kim birinchi navbatda, kim keyingi navbatda so`roq qilinishi belgilanadi. Shu bilan birga ularning ayblanuvchiga nisbatan bo`lgan munosabati ham aniqlanishi lozim. Guvohlarning o`zaro munosabati va jabrlanuvchiga nisbatan aloqasi ham so`roq uchun ahamiyatga egadir. Shuning uchun ularning shaxsi, turmushi, xizmatini aniqlash bilan bir qatorda mazkur ish bo`yicha o`zaro munosabatini aniqlash darkor. Ko`rsatuv olish vaqtida har bir guvoh o`ziga xos bo`lgan ruhiy holatlarni namoyon qila boshlaydi; ularga turlicha usullarni qo`llashga to`g`ri keladi. Ba`zilarga savol berish bilan bo`lsa, ba`zilarga oddiy suhbat bilan voqeani eslashga yordam berish mumkin. Demak, guvoh va jabrlanuvchining ishga va ayblanuvchiga nisbatan bo`lgan munosabati asosida qator savollarni oldindan mo`ljallab qo`yish lozim bo`ladi. So`roq vaqtida beriladigan savollarni ko`rsatuv olish jarayonida o`zgartirish va borlarini to`ldirish, yangi savollarni kiritish mumkin. Agar guvohning ko`rsatuvidagi ayrim faktlar to`g`riligiga shubha tug`dirsa, unga tekshiruvchi yoki yolg`onni ochib tashlashga yordam beruvchi savollarni berish mumkin. Shunday savollar ham oldindan mo`ljallanib qo`yilishi kerak. So`roq vaqtida qo`llanilishi mumkin bo`lgan hujjatlar, ayrim faktlar, jinoyat ishining turli betlarida joylashgan bo`ladi, ularni so`roq vaqtida izlab o`tirmaslik uchun oldindan mo`ljallab, ishning shu betlariga belgilar joylashtirib qo`yish lozim. So`roq o`tkazish vaqti bilan joyni belgilash, so`roq natijalariga turlicha ta`sir bo`lishiga sabab bo`ladi. Jabrlanuvchilarni, guvohlarni alohida xonada so`roq qilish, tinch va xotirjamlik sharoit tug`dirishi lozim. So`roq vaqti ham avvaldan belgilanishi, guvohlarni oldinma-ketinligi, navbati belgilanishi so`roq natijasiga ijobiy ta`sir etadi. Agar ayblanuvchi ish bo`yicha ayrim faktlarni tasdiqlovchi guvohni chaqirishni iltimos qilsa, guvohni ko`p kechiktirmay chaqirish lozim. Chunki ayblanuvchining yaqin kishilari yoki o`zi guvoh bilan aloqa bog`lashi mumkin, kerak holatlarni aytishni uqtirib, unga ta`sir etib qo`yishi mumkin. So`roqqa chaqirilgan guvohlar alohida xonada bo`lishi, ko`rsatuv olish uchun bitta-bitta chaqirilishi va uning ko`rsatuvini boshqa guvohlar eshitmasligi lozim. Buning uchun so`roq o`tkazishdan avval kerakli sharoitni yaratish va o`ylab chiqish darkor. Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling