СўРОҚ Ўтказиш тактикаси


B. Idrok qilingan predmet, voqea va hodisalarni xotirada eslab qolish


Download 97 Kb.
bet3/6
Sana28.02.2023
Hajmi97 Kb.
#1237169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SO`ROQ QILISH PSIXOLOGIYASI

B. Idrok qilingan predmet, voqea va hodisalarni xotirada eslab qolish. Har qanday ko`rsatuv ham odatda keyin yuzaga keladi. Idrok qilingan voqea hodisani so`roq vaqtida xotirada tiklashgacha ba`zan ma`lum vaqt o`tadi. Idrok qilingan ma`lumotni lozim paytda xotirada tiklash uchun uni yodda saqlab qolish zarur. Kishi idrok qilgan barcha ma`lumotlar o`zaro aloqada bo`lib, vaqtincha miyada saqlanadi. Xotira-bu ma`lumotlarni keyingi davrda uzatish, oldin nima idrok qilingan bo`lsa, o`shani xotirada mustahkamlash, saqlab qolish va uni tiklash orqali ifodalanadigan aqliy faoliyatdir. Xotirada saqlab qolishning to`laligi, xotira tipiga, uning mashqlantirilganligiga, saqlab qolish usullari va hodisa yuz bergandan to uni tiklashgacha o`tgan vaqtga bog`liqdir.
Xotira o`z navbatida aniq tasvirli, og`zaki, mantiqiy tuyg`u, hayajonli, harakatdagi xotiraga bo`linadi. Harakatdagi xotira yordamida jismoniy harakat holatlari bilan bog`liq barcha o`zgarishlar, xotirada hayajonli ko`rgazmali tasavvurlar, predmetlarning tashqi obrazlari; og`zaki aytilgan yoki o`qib berilgan nutq yaxshi saqlanib qoladi.
В. Idrok qilingan ma`lumotlarni ko`rsatmada qayta tiklash.
Ko`rgan voqea hodisalarni eslab qolish ularni qayta tiklash bilan chambarchas bog`liqdir. Qayta tiklash - bu inson xotirasida nima saqlangan bo`lsa, o`shani og`zaki yoki yozma bayon qilishdir. Ma`lumotlarning sofligi faqat qabul qilish va eslab qolishning sifatigagina emas, balki shu bilan birga so`roq qilinuvchining ruhiy holati, ma`lumoti, farosati, xarakteri, tasavvur etish qobiliyati, ta`sirlanish darajasi, shart-sharoitlariga va tergov taktikasiga bog`liqdir.
So`roq qilish taktikasi uchun oldin idrok qilingan ma`lumotlarni qayta tiklashning psixologik qonuniyatlari katta rol o`ynadi. Qayta tiklash bevosita va bavosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo`lishi mumkin. U ikki xil shaklda amalga oshadi: birinchisi bilib olish, ya`ni obyektni qaytadan ko`rish orqali tiklash, ikkinchisi eslash orqali, ya`ni obyektni xotirada qayta tiklash.
Idrok qilishdan so`ng ko`p o`tmay bevosita qayta tiklash odatda keyinga qoldirilgan tiklashga nisbatan ancha to`liq va aniq bo`ladi. Shuning uchun u yoki bu voqeaga nisbatan so`roqni keyinga qoldirish maqsadga muvofiq emas.
Qayta tiklash bosqichida ko`rsatuvning tashkil topishiga qator obyektiv va subyektiv omillar ta`sir qiladi:
a) qayta tiklash jarayonida so`roq qilinuvchining emotsional holati (hayajonlangan yoki xotirjam, xafa yoki xursandligi kabilar);

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling