Ssi 90/21 guruh talabasi boymurodov zufar menejment obyekti va subyekti deganda nimani tushunasiz?
Download 12.2 Kb.
|
menejment savol
SSI 90/21 GURUH TALABASI BOYMURODOV ZUFAR Menejment obyekti va subyekti deganda nimani tushunasiz? Menejment fanining ob’ekti va sub’ekti. Menejmentning sub’ekti tashkilotda boshqaruvni tashkillashtiruvchi va boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshiruvchi inson yoki insonlar (guruhlari) hisoblanadi.Menejmentning ob’ekti menejment sub’ektining boshqaruvini tashkillashtirish va boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi barcha jarayonlar,voqe’liklar va harakatlaridir: 1) korxonaning inson resurslari; 2) korxona uchun resurslarni keltiruvchilar; 3) korxonaning raqobatchilari (real va salohiyatli); 4) axborot ta’minoti; 5) korxonaning moliyasi va uni boshqarish. Menejmentning ob’ekti va sub’ektini mamlakatimizda menejmentning asoschilari bo’lgan akdemik M.Sharifxo’jaev va professor Y.Abdullaevlar O’zbekiston Respublikasi misolida mukammal belgilagan va batafsil tushuntirgan. Qo’yida mualliflarning menejmentning ob’ekti va sub’ekti haqidagi tavsiflari keltirilgan.Menejmentning predmeti quyidagilarni o’z ichiga oladi:boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqarish ob’ekti va sub’ekti; boshqarish tamoyillari va usullari; boshqarish madaniyati; menejer va uning fazilatlari; boshqarish vazifalarini to’g’ri tashkil qilish va amalga oshirish; xodimlarni boshqarish; ishlab chiqarishni boshqarish; samaradorlikni boshqarish; o’z-o’zini boshqarish. Har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Shu nuqtai nazardan obyekt va subyektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin. Menejmentning o’rganish obyektini boshqaruv faoliyatiga doir iqtisodiy hodisa va jarayonlar, firma ishini samarali tashkil etish xususiyatlari, boshqaruvning amaldagi zamonaviy shakl va usullari, uning kelajak istiqbollari tashkil etadi. Bunda menejment nazariyasining rivojlanish tendensiyasi, uni tashkil etish tamoyillari va usullari, motivatsiya va boshqaruv samaradorligi masalalari obyekt sifatida o’rganiladi.
Shunday qilib har qanday hodisa yoki jarayon negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi.Xulosa Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar menejmentning rahbar kadrlarni, boshqaruv mutaxassislarini tarbiyalashdagi o’rnini tadqiq qilishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, erkin fuqorolik jamiyat qurishga qaratilgan tub islohotlarning natijalari esa, ana shu sohadagi faoliyatni qanday tashkil etilganiga ko’p jihatdan bog’liq. Bu, o’z navbatida, mazkur yo’nalishda ham turli tarzda namoyon bo’layotgan maqsad, manfaat va intilishlarni ro’yobga chiqarish uchun jamiyatni demokratlashtirish, yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etish, uning iqtisodiy, siyosiy mustaqilligini mustahkamlash tamoyillariga tayanish lozimligini ko’rsatadi. Bu haqida O’zbekiston Prezidenti: “...mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi”7, deya bejiz ta’kidlamagan. Download 12.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling