Sssr urushdan keyingi yillarda Yangi qatag'onlardavri «Kommunizm qurish»dasturining qabulqilinishi
Download 62.57 Kb.
|
1945 - 2000 - yillarda SSSR
I.2 Yangi qatag'onlar davri
Davlat xavfsizlik xizmatining ushbu «faoliyati» natijasida yozuvchi va shoirlar Shukrullo, Shuhrat, Shayxzoda, adabiyotshunos olim H. Sulay-mon qamoqqa olindi va sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida ayblanib, 25 yilga hukm qilindilar. SSSR da 1930—1953-yillar oralig’ida jami 3,8 mln. ga yaqin kishi qatag’on etildi. Ulardan 800 mingga yaqini otib tashlandi. o’zbekistonda 1937—1953-yillarda 100 ming kishi qatag’on etildi. Ularning 15 minggi otib tashlangan. Islom Karimov Toshkentdagi «Shahidlar Xotirasi» yodgorlik majmuasining ochilishi marosimida bu dahshatli holatni ta'riflab, «zulm va zo’ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o’zligini, millat qadr-qimmatini teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak, xalqni uyg’otishga, xalqni boshqarishga qodir bo’lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo’lida fidoiylik ko’rsatgan barcha aql-zakovat sohiblarining...» qancha-qanchala-ri jismonan yo’q qilinganligini ta'kidlagandi. To’g’ri, 1953-yilda I. Stalin vafot etgach, turli yillarda qatag’on etilganlar oqlandi. Biroq mustaqil fikrlovchi shaxslarni qatag’on qilish I. Stalin davridagidek ommaviy va qonli tusda bo’lmagan bo’lsa-da, 70—80-yillarda ham davom etdi. Ular yakka-yakka tartibda ta'qib etildi. Ular ustidan turli jinoiy ishlar uyushtirildi va majburan ruhiy kasalliklar kasalxonalariga yotqizildi. Dunyo jamoatchiligiga taniqli bo’lganlar uy qamog’ida yoki badarg’ada saqlandi. Ba'zilar mamlakatdan chiqarib yuborildi. I.Stalin vafotidan so’ng rahbarlik lavozimini N. Xrushyov egalladi. U 1956-yilda bo’lib o’tgan KPSS ning XX syezdida I. Stalin shaxsiga sig’inish va uning oqibatlarini qattiq qoraladi. Mamlakatning ilg’or qismi chuqur iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor umid bilan qaray boshladi. Biroq ularning umidlari oqlanmadi. Mamlakatda stalinizm yangi ko’rinishda davom etaverdi. KPSS ning 1959-yilda bo’lib o’tgan navbatdan tashqari XXI syezdi SSSR da sotsializm «to'la va uzil-kesil g’alaba qozondi», degan xulosaga kel-di. Bunga mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ro’y bergan sezilarli ijobiy yutuqlar asos qilib olindi. Aslida bu kommunistlarning navbatdagi xomxayollari edi. Sovet davlatining keyingi butun taraqqiyoti buni tasdiqladi. Biroq 1959-yildan boshlab bu xomxayol hodisa ulkan tarixiy g’alaba, deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet rahbariyati tomonidan yanada xomxayol bo’lgan boshqa xulosa ilgari surilishiga asos bo’ldi. Bu — SSSR ning endi kommunistik jamiyat qurilishi keng avj oldirilgan davrga qadam qo’yganligi haqidagi xulosa edi. Va, nihoyat, KPSS ning XXII syezdida (1961-yil) KPSS ning yangi dasturi — Kommunizm qurish dasturi qabul qilindi. Xo’sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi? Birinchidan, bu — ishlab chiqarish vositalari to’la umumxalq (aslida davlat) mulki bo’lgan jamiyat edi. Download 62.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling