Sssr urushdan keyingi yillarda Yangi qatag'onlardavri «Kommunizm qurish»dasturining qabulqilinishi


Download 62.57 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi62.57 Kb.
#1594206
  1   2   3   4
Bog'liq
1945 - 2000 - yillarda SSSR


Sovet davlatining tanazzulga yuz tutushi


Reja:



  1. SSSR urushdan keyingi yillarda

  2. Yangi qatag'onlardavri

  3. «Kommunizm qurish»dasturining qabulqilinishi

  4. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi


1 SSSR urushdan keyingi yillarda

SSSR fashistlar Germaniyasini mag’lubiyatga uchratishda asosiy rol o’ynaydi. Biroq g’alaba katta talafotlar hisobiga qo’lga kiritildi. Chunonchi, SSSR ning 27 mln. fuqarosi halok bo’ldi. Halok bo’lganlarning 11,5 mln. ga yaqini askarlar edi. Bundan tashqari, SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo’qotdi.


Sanoatning xalq iste'moli mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi keskin kamaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan awalgi darajaga nisbatan 40% foizga kamaydi.
Endi sovet davlati oldida mamlakat xo’jaligini tiklash vazifasi turar edi Shu maqsadda SSSR Oliy Soveti xalq xo’jaligini rivojlantirishning to’rtinchi besh yillik rejasini qabul qildi. Qattiq markazlashtirilgan rahbarlik hamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mehnati tufayli sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1950-yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi (73 foizga).
Ayni paytda sanoatning tez sur'atlar bilan rivojlanishida mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko’p millionli sovet tutqinlarining hamda 1,5 mln. nemis, 0,5 mln. yapon harbiy asirlarining tekin mehnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd. dollar hajmidagi tovon, shuningdek kapital mablag’ asosiy qismining sanoatga yo’naltirilganligi ham katta rol o’ynadi.
Urushdan keyingi yillarda yana o’zgacha fikrlov-chi kishilarni qatag’on qilish boshlandi. o’zgacha fikrlovchilarni qatag’on qilish — totalitar sotsializmning yo’ldoshidir. Chunki totalitar sotsializm — kuchga hamda yolg’on aqidalarga asoslanadigan jamiyat. Biroq har bir davrda totalitar sotsializm himoyachilari qatag’on boshlash uchun bahona sifatida nimanidir asos qilib oladilar. Urushdan keyingi qatag’onlarda ham shunday qilindi.
Xo’sh, bu safargi qatag’onga nimalar asos qilib olindi? Sovet ziyolilari Iurushdan keyin chuqur iqtisodiy va siyosiy islohotlar o’tkazilishiga umid qildilar. Ularning ma'lum qismi SSSR da ham, G’arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istardilar. Ayni paytda bunday chuqur o’zgarishlarga islohotlar yo’li bilan erishishni taklif ham etganlar. BMT ning 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» ni SSSR ham imzolagani ularda bunday umidni paydo qilgan edi.
Iqtisodiy islohotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o’rtasida raqobat sharoitini vujudga keltirishnl, hissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat ta'minotini bekor qilishni, xususiy savdoni yo’lga qo’yishni, erkin narx joriy etilishini, kolxozlar mol-mulkini va ularga berilgan yerlarni oilalarga bo’lib berish yo’li bilan kolxozlarni amalda tugatishni taklif etdilar. Siyosiy sohada esa muqobil saylov, rahbarlikka saylanuvchilarning vakolat muddati cheklanishi, milliy (aslida mustamlaka) respublikalarda esa ularning huquqlarini kengaytirish haqidagi takliflarni ilgari surdilar.
Biroq SSSR rahbariyati bu takliflarni sotsializimni ichdan qo’porish, taklif mualliflarini esa sotsializmga qarshi unsurlar, deb baholadi. Bu esa yangi qatag’onlar kompaniyasining boshlanishiga turtki bo’ldi. Natijada ziyolilarning minglab ilg’or qismi, partiya-sovet xodimlari, respublikalar-ning milliy kadrlari qatag’onga uchradi.
O’zbekistonliklar ham bu qatag’ondan chetda qolmadi. Xususan, 1951-yilda mustabid tuzumning tayanchi boimish xavfsizlik xizmati go’yo res-publika «Yozuvchilar uyushmasi» da va ayrim matbuot organlarida «uya qurgan» 12 kishidan iborat «sovetlarga qarshi millatchi guruh» ni «fosh» etdi.



Download 62.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling