Sssr urushdan keyingi yillarda Yangi qatag'onlardavri «Kommunizm qurish»dasturining qabulqilinishi
Download 62.57 Kb.
|
1945 - 2000 - yillarda SSSR
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
Ikkinchidan, bu — jamiyatning barcha a'zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo’lgan sinfsiz jamiyat edi.
Uchinchidan, bu — ijtimoiy boylikning barcha manbalar moi-ko'1 bo’lgan, to’lib-toshib turadigan va, natijada, har kim qobiliyatiga yarasha ishlaydigan, lekin jamiyat boyligidan har kim ehtiyojiga yarasha ulush oladigan jamiyat edi. To’rtinchidan, bu — mehnat qilish hamma uchun birinchi hayotiy ehtiyoj, anglangan zaruriyat bo’lib qoladigan jamiyat edi. Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarish zarurligi ta'kidlandi: — kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish; — yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish; — yangi kishini tarbiyalash. KPSS dasturida bundan-da badtarroq xomxayol orzular ilgari surildi. Chunonchi: a) 1960—1970-yillar oralig’idagi o’n yil ichida iqtisodiy taraq-qiyotda AQSH ga yetib olish va undan o’zib ketish; b) 1970— 1980-yillar oralig’idagi o’n yil ichida kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish. Vaqt tez orada KPSS va sovet davlati rahbariyati ilgari surgan yuqoridagi vazifalar xomxayol ekanligini tasdiqlay boshladi. Bu esa oliy rahbariyat o’rtasida ziddiyatlarni kuchaytirdi. Buning oqibatida 1964-yilda N. Xrushyov vazifasidan olib tashlandi. Hokimiyat L.I.Brejnev qo’liga o’tdi. Uning davrida iqtisodiy islohot o’tkazilishiga urinildi. Biroq bu islohot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura iqtisodiyotni chulg’ab olg&n bir sharoitda bu tabiiy hol edi. Chunki qotib qolgan, hayotdan orqada qolgan kommunistik mafkura har qanday tub islohotni sotsializm asoslariga zarba deb baholardi. KPSS ning kommunizm qurish rejasi barbod bo’lgach, L. I. Brejnev KPSS ning XXIV syezdida (1971-yil) «rivojlangan sotsializm» nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq kelajakda quriladigan jamiyat, deb izohlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig’ida rivoj-langan sotsializm bosqichini bosib o’tishi lozimligi «asoslandi». Hayot, vaqt bu nazariyaning ham soxta ekanligini tasdiqladi. SSSR ning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg’unlik holati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma'muriy-buyruq-bozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo’ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi. 1982-yilda L. Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt ichida yana ikki rahbar almashdi. Bular Yu. Andropov va N. Chernenko edilar. Ularning har ikkisi ham og’ir kasal edilar. Biroq davlat qonunga bo’ysunmaydigan jamiyatda og’ir kasal kishilarning hokimiyat tepasiga kelib qolishi tabiiy holdir. Nihoyat, 1985-yil mart oyida M. S. Gorbachyov KPSS ning Bosh koti-bi lavozimini egalladi. Shu yilning aprel oyida u qayta qurish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish dasturini ilgari surdi. Unga ko’ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSR ning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya'ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi. Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular: — korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo’jalik hisobiga va o’zini o’zi mablag’ bilan ta'minlashga o’tkazish; — mehnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma'naviy turmush sharoitlarida chuqur o’zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab haq to’lash; — oshkoralik, ya'ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish. Aslida jadallashtirish dasturi ham KPSS va Sovet davlati rahbariyati-ning yana bir xofnxayol, orzusi boiib chiqdi. Chunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib bo’lmas edi. Buning ustiga SSSR aholisi ongi yangi — bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo’jaligi, 1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi. Budjet taqchilligi 100 mlrd. so’mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985—1991) 10 baravar kamaydi va u atiga 240 tonnaga tushib qoldi. Aholining turmush darajasi shiddat bilan pasaya boshladi. Shunday sharoitda M. S. Gorbachyov «insonparvar, demokratik sotsializm» qurilishini e'lon qildi. Biroq endi uning cho’pchaklariga deyarli hech kim ishonmay qo’ydi. Ittifoq davlati oliy ra|bariyati va organlari aholi ko’z o’ngida obro'-e'tiborini, ishonchni yo’qotib qo’ydi. M.S.Gorbachyovning siyosati tarixga «qayta qurish» siyosati nomi bilan kirgan. Bu qayta qurish mamlakat siyosiy hayotiga ham taalluqli edi. 1988-yilda KPSS ning XIX Butunittifoq konferensiyasi qarori asosida qonun chiqaruvchi yangi oliy hokimiyat organi — SSSR Xalq deputatlari syezdi tuzildi. Yangi oliy lavozim — SSSR Oliy Soveti raisi — joriy etildi. 1989-yilning mart oyida chaqirilgan SSSR halq deputatlari 1 syezdida KPSS MK Bosh sekretari M. S. Gorbachyov ayni paytda SSSR Oliy Sovqpii raisi etib saylandi. Binobarin, siyosiy islohot tugab borayotgan KPSS ning rahbarlik rolini saqlab qolishga ham xizmat qilishi lozim edi. Mamlakatda senzura deyarli olib tashlandi. Biroq bular mavjud tuzumni saqlab qola olmadi. Bu davrda qator respublikalarda mavjud davlat hokimiyati organlariga parallel ravishda yangi hokimiyat organlari ham vujudga keldi. Ko’ppartiyaviylik reallikka aylanib ulgurdi. Ularning ayrimlari KPSS bilan raqobatlasha boshladi ham. Aksariyati sovetinodelidagi sotsializmni, KPSS ning davlat hokimiyatiga bo’lgan monopol tiuquqini inkor etdi. Ayni paytda KPSSning o’zida ham 3 oqimga bo’linish yuz berdi. Boltiqbo’yi respublikalari kommunistik partiyalari 1989— 1990-yillar davomida KPSS tarkibidan ajralib chiqdi. Shu tariqa SSSR da jamiyat hayotining hamma jabhalarida inqiroz kuchaya bordi. Bu hol milliy res-publikalarda aholi milliy ongining uyg’onishiga qulay sharoit yaratdi. Endi ularda mustaqillikka intilish tobora kuchaydi. Boltiqbo’yi respublikalari «Davlat suvereniteti to’g’risida deklaratsiya» qabul qildilar. o’zbekistonda prezidentlik lavozimi joriy etildi. Shunday sharoitda Markaz milliy nizolar keltirib chiqarish yoii bilan SSSR ni saqlab qolishga urindi. 1988-yildan boshlab Armaniston va Ozarbayjon o’rtasida Tog’li Qorabog’ masalasida munosabatlar keskinlashdi. 1989-yilda Farg’ona, 1990-yilda o’sh, 1991-yilda Gruziya — Abxaziya, Gruziya — Janubiy Osetiya qonli voqealari keltirib chiqarildi. Ayni paytda M. S. Gorbachyov va Rossiya rahbari B. Yelsin o’rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. SSSR ning yagona totalitar davlat sifatida saqlanib turishida KPSS ning roli beqiyos katta boigan-ligiga SSSR ning 70-yillik tarixi guvoh. Biroqqayta qurish yillarida KPSS obro’si borgan sari yo’qolib bordi. Partiyada poraxo’rlik va korrupsiya kuchaydi. Demokratik kuchlar hatto SSSR Kon-stitutsiyasiga yozib qo’yilgan KPSS ning rahbarlik roli haqidagi qoidaning chiqarib tashlanishiga erishdilar (1990-yilda). Shunday sharoitda yangi la-vozim — SSSR Prezidenti lavozimi joriy etildi. 1990-yilning mart oyida SSSR Xalq deputatlari III syezdi M. S. Gorbachyovni SSSR Prezidentietib sayladi. M. S. Gorbachyovning maqsadi SSSR ni qanday boifnasin saqlab qolish edi. Chunki u o’zi boshlagan islohot SSSR ni qulatishi mumkinligini aslo xayoliga keltirmagan edi. Endi u yangi ittifoq shartnomasi imzolanishi uchun bor kuchi bilan harakat qila boshladi. M. S. Gorbachyov 1991-yilning aprel oyidan boshlab 9-respublika rahbari bilan yangi ittifoq shartnomasi xususida to’g’ridan-to’g’ri muzokara o’tkaza boshladi. Va, nihoyat, 1991-yilning avgust oyida barcha tomonlarni qoniqtiruvchi «Mustaqil Respublikalar Ittifoqi» haqidagi shartnoma loyihasini ishlab chiqishga erishildi. Unga ko’ra, Markaz endilikda boshqaruvchilik maqomini yo’qotar va u asosan muvofiqlashtirish vazifasi bilan shug’ullanar edL Markaz ixtiyoriga mudofaa, moliya, ichki ishlar, qisman soliq va ijtimoiy siyosat masalalari qoldirildi, xolos. Ayni paytda rus tili davlat tili maqomini yo’qotib, millat-lararo muloqot tiliga aylanardi. Shartnomani imzolash 1991-yil 22-avgustga belgilandi. Biroq real hoki-miyatni qo’ldan chiqarishni istamagan kuchlar 18-avgustdan 19-avgustga o’tar kechasi davlat to’ntarishi qilishga urindilar. Ular GKCHP (Favqulodda Holat Davlat Qo’mitasi) tuzdilar. Qrimda dam olayotgan M. S. Gorbachyov hokimiyatdan chetlatildi. GKCHP ga SSSR vitse-prezidenti G. Yanayev rahbarlik qildi. GKCHP SSSR ning ba'zi hududlarida favqulodda holat joriy etdi. SSSR ning 1977-yilgi Konstitutsiyasiga zid ravishda tuzilgan davlat organlari bekor qilinishi, muxolif partiyalar faoliyati to’xtatilganligj, mitinglar va namoyishlar o’tkazish man etilganligi, ommaviy axborot vosi-talari nazoratga olinganligi e'lon qilindi. Moskva shahriga armiya qismlari kiritildi. Biroq Moskva aholisi GKCHP ni qo’Uab-quwatlamadi. Aksincha, ular GKCHP ga qarshi chiqqan Rossiya Prezidenti B. Yelsin tarafida bo’ldilar. B. Yelsin moskvaliklarni GKCHP ga qarshi uyushtira oldi. Armiyaning asosiy qismi ham GKCHP ni qo’llab-quvvatlamadi. G’arb davlatlari ham GKCHP ni tan olmadilar. Xalq madadidan mahrum boigan GKCHP oxir-oqibatda mag’lubiyatga uchradi. 22-avgust kuni GKCHP ning barcha rahbarlari davlat to’ntarishi qilishga uringanHkda ayblanib hibsga olindilar. Noyabr oyida B. Yelsin Rossiya Federatsiyasi hududida KPSS faoliyatini taqiqlash haqida farmon chiqardi. Shu tariqa KPSS yagona siyosiy tashkilot sifatida barham topdi. KPSS MK Bosh sekretari lavozimidan voz kechgan M. S. Gorbachyov SSSR ni saqlab qolish uchun harakat qila boshladi. Biroq u hech narsaga erisha olmadi. 1922-yilning 30 dekabrida SSSR ni tuzgan 3 davlat — Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Belorusiya rahbarlari 1991-yilning 8-dekabr kuni SSSR tarqatilganligini e'lon qildilar hamda Mustaqii Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) tuzilganligi haqidagi bitimni imzoladilar. Bu bitim tarixga «Belovej bitimi» nomi bilan kirdi. Shu tariqa SSSR parchalanib ketdi. 21-dekabr kuni yana 8 respublika (Ozarbayjon, Armaniston, Qozog’iston, Qirg’iziston, o’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Moldova) ham bu bitimni imzoladilar. 25-dekabr kuni M. S. Gorbachyov SSSR Prezidenti lavozimidan iste'fo berdi. SSSR dan Rossiyaga og’ir meros qoldi. Bozor iqtisodi qonunlarini joriy etish juda murakkab yo’ldan bordi. Rossiya sobiq sovet respublikalari o’rtasida va xalqaro maydonda o’z mavqeini yo’qotmasligi lozim edi. Bu oson ish emas edi. 1992-yilda narxlar erkinlashtirila boshlandi. Yil oxiriga kelib davlat ixtiyorida faqat budjetda ishlovchilarning ish haqini va ular ishlab chiqargan mahsulotlar narxini belgilash qoldi. Davlat eng asosiy korxonalardan tashqari barcha korxonalarini o’z tasarrufidan chiqaraboshladi. Bu korxonalar u yerda ishlovchilarning aksionerlik mulkiga aylandi. Ular aksiyalarning katta qismini boshqa fuqarolarga xususiylashtirish chekiga (vaucherga) sotish huquqiga ega edilar. Mamlakatda 24 ming korxona, 15 foiz fermer xususiylashdi. Davlatda yetarli mablag’ning yo’qligi natijasida bir yilda ishlab chiqarish 20 foizga pasayti. Ijtimoiy ta'minot, fan, ta'lim, sog’liqni saqlash xodimlari qiyin ahvolga tushib qoldi. Aholi daromadi 2 baravar kamaydi. B. Yelsin 1992-yil dekabrda We. Gaydar o’rniga V. Chernomirdinni Bosh vazir etib tayinladi. 1993-yil 23-aprelda umumxalq referendumi o’tkazildi va ko’pchilik fc. Yelsinni qo’lladi. Lekin Oliy Sovet raisi R. Xasbulatov Prezidentga qarshi faoliyatni davom ettirdi. 1993-yil 21-sentabrda B. Yelsin Oliy Sovetni tarqatdi. Ammo Xasbulatovchilar bo’ysunmay, Oq uyda syezd chaqirib, B. Yelsin ishdan olinganligini va A. Rutskoy vitse-prezident etib saylanganini bildirishdi va qurolli hujumga o’tdi. B. Yelsin bunga kuch bilan javob berdi va 4-oktabrda Oq uy o’qqa tutildi, oppozitsiya taslim bo’ldi. Prezident Sovetlarni tarqatib yubordi. 1993-yil 12-dekabrdagi Umumxalq referendu-mida 58 foiz qatnashchilar yangi Konstitutsiya uchun ovoz berdilar. Iqtisodiyotda o’tkazilgan tadbirlar natijasida ishlab chiqarishning 70 foizi aksionerlar va xususiy kompaniyalar qo’liga o’tdi. Rossiyada ko’plab g’oyalar, harakatlar yuzaga keldi. G. Yavlinskiy, A. Chubays, Ye. Gaydar va boshqalar o’z takliflari bilan chiqdilar. Lekin ahvol murakkabligicha qoldi. Buni V. Chernomirdin «iloji boricha yaxshi bo’lishini istadik, ammo ahvol har doimgidek davom etaverdi», deb tan oldi. Oppozitsiya yerni erkin oldi-sotdi qilishga va garovga qo’yishga xalaqit berardi. Ularning deyarli barchasi eski sovet davri rahbarlari bo’lib, yangi sharoitga, bozor iqtisodi sharoitiga ruhiy va araaliy jihatdan moslashishga qiynaldilar. Buning ustiga Chechenistondagi harakat Rossiya uchun juda qimmatga tushdi. 1996-yilgi saylovlarda B. Yelsin qiyinchilik bilan g’alaba qildi. U bozor iqtisodiga o’tishni «yosh islohotchilar» (Chubays) qo’li bilan jadallashtirishga harakat qildi. Lekin 1998-yilda budjetni hayotga tatbiq etishning iloji bolmadi. B.Yelsin Chernomirdin o’rniga Bosh vazir etib S. Kiriyenkoni tayinladi. Lekin ahvol o’nglanmadi. 1998-yil santyabrda keksa siyosatchi Ye. Primakov Bosh vazir etib tayinlandi. 1999-yil ishlab chiqarish biroz jonlansa-di, yangi bozor iqtisodi tartiblari o’rnatilmadi. 1999-yil may oyida Ye. Primakov ishdan olinib dumaparast V. Stepashin hukumat boshlig’i qilib tayinlandi. Moskva meri Yu. Lujkov «kapitalizmchasiga ishlash, ammo sotsializmchasiga taq-simlash» shiori bilan chiqdi. Shunday og’ir sharoitda B. Yelsin hokimiyatga munosib nomzod izladi va 1999-yil avgustida V. Putin hukumat boshlig’i qilib tayinlandi. Razvedka maktabini o’tagan, qat'iyatli, yangicha fikrlovchi, sotsializm mansablarida ishlamagan aqlli va irodali V. Putin tezda o’zini ko’rsatdi. U chechen jangarilarini jilovlashda oqiloni yo'1 tutdi va katta obro' qozondi. 1999-yil kuzida ma'muriyat «Yedinstvo» (Birlik) harakatini tashkil etdi va V. Putinga yordam berdi. 1999-yil dekabrda Dumaga saylovlarda Lujkov — Primakov bloki va kommunistlar zaiflashib qoldi. Hokimiyat ishonchli qoiga o’tganini tushungan B. Yelsin 2000-yil boshida muddatidan oldin iste'foga chiqdi. Mart oyidagi Prezident saylovida V. Putin g’olib chiqdi. Rossiyada hukumat almashuvlaridan charchagan xalq V. Putinni qo’llab-quvvatladi. Putin islohotlarni kuchaytirdi Noqonuniy boylik to’plagan moliya magnatlarining payini qirqdi. Ularning ko’pi chet elga qochib ketdi. Bozor iqti-sodi qonunlarini mustahkamladi. Natijada 4—5 yil ichida Rossiyada yillik o’sish 7— 8 foizga ko’tarildi. Ulug’ rus ambitsiya-sidan xoli bo’lgan V. Putin MDH mam-lakatiari bilan munosabatlarni xalqaro huquq doirasida yaxshiladi. Lekin bu barcha muammolar hal qilindi, degani emas. Rossiya xalqaro maydonda o’z mavqeini ancha yo’qotdi. Rossiya bilan o’zbekiston o’rtasida do’stona munosabatlar kundan-kunga rivojlanib bormoqda.Rossiya Prezidenti V. Putin va o’zbekiston Prezidenti I. Karimov Moskva va Toshkentda bir necha bor uchrashdilar. 2005-yil iyun oyida Islom Karimov Moskvada bo’ldi. Rossiya bilan o’zbekiston o’rtasidagi savdo 2004-yilda 1 mlrd. 641 mln. dollardan oshdi. o’zaro iqtisodiy aloqalarni yanada jadallashtirish masalalari kelishib olindi. Shuningdek Rossiya Shanxay hamkorlik tashkilotida qatnashib, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Download 62.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling