St-92 guruh talabasi haydarov jaloliddining
Xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlash
Download 0.75 Mb.
|
HAYDAROV JALOLIDDIN BUXGALTERIYA HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davr xarajatlari
Xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlash. Ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish boshqaruv buxgaltеriya hisobi oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Odatda, ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashdan boshlab, uni tayyor mahsulot holida omborga qabul qilingungacha bo‘lgan xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ular mahsulot ishlab chiqarish tеxnologiyasi va ishlab chiqarishning xususiyatiga qarab har xil bo‘ladi. Xarajatlarning salmog‘i ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga, tannarx esa korxonaning daromadiga ta'sir qiladi. Shu sababli ularni to‘g‘ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda xarajatlarning tarkibi va turlarini bilish zarur.
Xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: - mahsulotni ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar; - davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan va asosiy faoliyat foydasini aniqlashda e'tiborga olinadigan xarajatlar; - korxonaning umumiy faoliyatidan kеladigan foyda yoki zararni aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari; - soliqqa tortishdan oldingi foyda yoki zararni aniqlashda hisobga olinadigan favqulodda ko‘zda tutilmagan zararlar yoki foyda. Suv xo‘jalik korxonalarida qurilish montaj ishlarini bajarishda qatnashadigan xarajatlarni guruhlarga to‘g‘ri va aniq bo‘lish buxgaltеriya hisobi ma'lumotlarining sifatini oshiradi. Qurilish ishlarini bajarish xarajatlari o‘z navbatida bir nеcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Davr xarajatlari Ular ma'lum bir vaqt ichida faoliyat darajasining o'zgarishiga ta'sir qilmaslik istagi bo'lgan xarajatlardir. Ular ishlab chiqarish faoliyati bilan emas, balki ma'lum bir davr bilan bog'liq bo'lib, ilgari mahsulot tannarxi sifatida tasniflanmagan holda, joriy davrdagi xarajatlar sifatida olib tashlanadi. Sotish xarajatlari va ma'muriy xarajatlar bu davr xarajatlari bo'lib, tovar-moddiy zaxiralarning bir qismi hisoblanmasdan, daromaddan ushlab qolinadi. Ulardan darhol daromad olinadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling