Stabilitron. Reja: Stabilitronning ishlash prinsipi
Download 13.09 Kb.
|
Stabilitron. Reja Stabilitronning ishlash prinsipi
Stabilitron. Reja: Stabilitronning ishlash prinsipi. Stabilitronning volt-amper xarekteristikasi. Stabilitron. Kuchlanishni bir necha voltdan bir necha o‘n voltli va yuzlab voltli kuchlanishlarni stabillash uchun taxminan 3400V maxsus kremniyli yassi diodlar stabilitron deb atalmish asbob yoki tayanch diodi ham deb ataladi. Kuchlanishni stabillash uchun diod xarakteristikasini teskari shoxobchasidan foydalaniladi. 7.1-rasm. Yarim o‘tkazgichli stabilitronning volt-amperli xarakteristikasi Yarim o‘tkazgichli diodlarda uch xildagi tok o‘tkazish bo‘ladi: issiqlik, tojli va zenerli. Issiqlik toki, teskari tok oqish jarayonida issiqlik ajralib chiqish hisobiga sodir bo‘ladigan tok o‘tkazishdir. Kremniyli diodlarda teskari tok kichik bo‘lganligidan, kamroq issiqlik ajralib chiqadi, shuning uchun tojli va zenerli tok o‘tkazishga nisbatan kattaroq toklarda issiqlikdan tok o‘tkazish sodir bo‘ladi. Tojli tok o‘tkazish tezlanishi tokni, tezlik va elektronlarni tashuvchisi etarli miqdorda energiyaga ega bo‘lganida, ular atomlar bilan urilganida o‘tish sohasida valentli bog‘liqligini uzishi, natijada esa, tojli yangi elektron-teshikli juftlikni ortishi hamda teskari tokni ortishiga olib keladi. Zenerli tok o‘tkazish Yuqori maydon kuchlanishi 105 V/sm bo‘lganida, valentli bog‘langan elektronlarni ajratib olishga qodir holatda bo‘ladi. Yarim o‘tkazuvchan stabilitronlarda zenerli va tojli tok o‘tkazish qo‘llanilib, ularni chet el adabiyotlarida ko‘pincha zenerli diodlar deb atashadi. Temperaturani o‘zgarishi xarakteristikani chap va o‘ng tomoniga burishga olib keladi, ya’ni manfiy kuchlanishni katta yoki kichik qiymatiga. Stabilizatsiya kuchlanishining koeffitsienti absalyut yoki nisbiy kuchlanish o‘zgarishi temperaturani bir gradusga o‘zgarishida xarakterlanadi. Tojli tok o‘tkazish stabilitronlarida kuchlanish temperatura koeffitsienti musbat, zenerli tok o‘tkazish stabilitronida esa – manfiy. Stabilitron yordamida kuchlanishni stabillashtirish sxemasidan ko‘rinadiki, stabillovchi diod-stabilitron teskari siljish kuchlanishida ishlatiladi. O‘zgarmas kuchlanishni stabillash va cheklash uchun mo‘ljallangan Yarim o‘tkazgichli diod stabilitron deyiladi. Ularni tayyorlashda n-p o‘tishlarni qotishtirish va diffuzion usullar bilan olish keng qo‘llaniladi. Stabilitron n-p to‘siq zonada elektrik o‘pirilishiga asoslanib ishlaydigan asbob hisoblanadi. 7.2, a-rasmda ulanish sxemasi va 7.2, b-rasmda volt-amper harakteristikasi ko‘rsatilgan. 7.2-rasm. Kremniyli stablitronning ulanish sxemasi (a) va volt-amper xarakteristikasi (b) Kremniy germaniyga nisbatan Yuqori haroratga chidamli. Tok o‘zgarganda kuchlanishni pasayishi o‘zgarmasdan qoladi. Bu xususiyat o‘zgarmas kuchlanishini stabillash uchun ishlatiladi. Quyidagi parametrlarga ega: Ust - stabilizatsiya kuchlanishi; Icmax, Icmin - maksimal va minimal stabilizatsiya toki; Rtax - maksimal sochilish quvvati. Dinamik qarshilik Rg=Ust/Ist. Stabilizatsiya kuchlanishining harorat koeffitsienti TKU=Ust/UstT. Download 13.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling