Stabilitron xarakteristikasi


Download 89.15 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi89.15 Kb.
#1136521
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT ISHI


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI KOMPYUTER INJINIRING FAKULTETI KOMPYUTER INJINIRING YO’NALISHI 720-21 GURUH TALABASI
IBRAGIMOVA GAVHAROYNING

Elektronika va sxemalar fanidan

STABILITRON XARAKTERISTIKASI
VA PARAMETRLARINI TADQIQ QILISH
mavzusida tayyorlagan

REFERATI

Topshirdi S.Rahimov


Qabul qildi J.Mirzayev

REJA:


  1. Stabilitron tushunchasi

  2. Stabilitron kuchlanishi

  3. Keng ko’llaniladigan stabilitronlarning turlari

  4. Xulosa



Stabilitron tushunchasi

Stabilitron [lot. stabilis — turgʻun, doimiy va elek(tron)] — elektr zanjirining maʼlum qismidagi kuchlanishni birday tutib turish (barkarorlash) uchun ishlatiladigan ikki elektrodli gaz razryadli yoki yarim oʻtkazgichli asbob (diod). Ishi undan oʻtadigan tokning oʻzgarishiga qarab kuchlanishning qisman oʻzgarishiga asoslangan. Yarimoʻtkazgichli, toj razryadli va tutovchi razryadli xillari bor. Yarimoʻtkazgichli S. uchun barqarorlovchi kuchlanish 3—180 V, toj razryadli S. uchun 300 V—30 kV, tutovchi razryadli S. uchun 70—160 V. Slar elektron asboblarda qoʻllaniladi. (1-rasm)


1-rasm

Stabilitron kuchlanishi
Stabilitron VAXsi teskari shahobchasining Ust.min-Ust.max kuchlanish qiymatlari oralig’i elektr teshilishga (odatda ko’chkisimon) tegishli. Teshilish rejimida teskari kuchlanishning juda oz miqdorda o’zgarishi teskari tokni kuchli o’zgarishiga olib keladi. Stabilitronning bu hususiyatidan sxemotexnikada kuchlanishni barqarorlashda keng qo’llaniladi.
Kuchlanishni barqarorlash rejimida stabilitron VAXsi chiziqli funktsiya bilan approksimatsiyalanadi

Bu erda RD - parametri kuchlanishni barqarorlash rejimidagi diodning differentsial qarshiligini, UB - parametri esa, kuchlanishning bo’sag’aviy qiymatini ko’rsatadi.

Keng ko’llaniladigan stabilitronlarning turlari

Keng ko’llaniladigan stabilitronlarning ba'zi elektr parametrlarining ro’yxati:



δUst - barqarorlash kuchlanishi;
Ust - barqarorlash kuchlanishning vaqt bo’yicha nostabilligi;
Uto’g’ - stabilitrondagi o’zgarmas to’g’ri kuchlanish;
Ist,min - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng kichik o’zgarmas tok;
Ist,max - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta o’zgarmas tok;
Ito’g’,maks - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta to’g’ri o’zgarmas tok;
Rmaks - stabilitrondagi ruxsat etilgan eng katta sochuvchi quvvat;
rst - belgilangan o’zgarmas tok rejimida (I*s) aniqlangan differentsial qarshilik;
st - barqarorlash kuchlanishining temperaturaviy koeffitsienti.

Stabilitronning quyidagi guruhlari mavjud: umumiy maqsad uchun qo’llaniladigan maxsus termokompensatsiyalangan pretsizionli (aniq kuchlanish qiymati talab qilinadigan sxemalar uchun); impulsli, ikki anodli, stabistorlar.



Stabilitron VAXning elektr teshilish sohasida ishlaydi. Barqarorlash kuchlanishi qiymati p-n o ‘tish kengligiga bog‘liq, p-n o ‘tish kengligi esa, diod baza sohalaridagi kiritmalar konsentratsiyasi bilan aniqlanadi. Agar stabilitron tayyorlashda kiritmalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan yarimo‘tkazgichlardan foydalanilsa, p-n o‘tish kengligi yupqa bo‘lishiga erishiladi. Bunday p-n o‘tishlarda tunnel teshilish sodir boiadi va ishchi kuchlanishi UST 3—4 V dan oshmaydi.



Xulosa:
Men o`qituvchim tomonidan berilgan mavzu bo`yicha ma`lumotlarga ega bo`ldim. Necha xil kuchlanish turlari, necha xil kuchlanish turlari mavjudligini bilib oldim.
Download 89.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling