Standart, ularning turlari, ishlab chiqarish tartiblari, tasdiqlanishi, standartlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi. Reja: O`zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish»
Standartlashtirish asosiy tamoyil va talablari
Download 29.25 Kb.
|
Mohi 2
1.2. Standartlashtirish asosiy tamoyil va talablari.Standartlashtirishning asosiy prinsplari quyidagilardan iborat. 1. Bir-birini o`rnini bosish bo`yicha barcha sanoat mahsulotlariga taalluqli umumiy me`yorlar. 2. Bir xil guruh mahsulot yoki muayyan mahsulotga taaluqli bir-birini o`rnini bosish bo`yicha me`yorlar. Umumiy normalarga quyidagilar talablar kiradi va ular quyidagilarni o`rnatadi: tartiblashtirilgan va normal chiziqli (lineynix) qatorlar, qo`yim va qo`nim, konsruktiv elementlar va parametrlar, bir-birining bog`lanish (rez`basi, qotirilishi, ulanishi) vosita va usullari. Umumiy o`zaroalmashuvchanlik normalariga mahsulotning geometrik va funksional almashuvchanlik talablari kiradi (parametrik va tiplash qatorlari, birxillashtirish detallari, markalar va boshqalar). O`zaroalmashuvchanlik talablari, funksional, geometrik, o`lchash, biologik, elektromagnit, elektrik, mustahkamlik, dasturiy, texnologik, metrologik, diagnostik, informasion, ergonomikani jabhalarini o`z ichiga oladi. Shu bilan birga ob`ektlarning atrof-muhitlari bilan o`zaro aloqa qilishni hisobga oladi. Odam –– texnika; Mahsulot –– tarkibiy qismlar; Mahsulot –– material (xom-ashyo); Texnika –– muhit; Mahsulot –– upakovka, tara; Texnika –– energiya va yoqilg`i moylash materiallari; Hisoblash texnikasi –– dasturiy va tashkiliy ta`minlanish; Mahsulot –– jarayonlar; Mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta`minlash. 2000 yildan boshlab favqulotdagi vaziyatlar Vazirligida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha ko`riladigan choralarni standartlashga kirishdi. Favqulotdagi vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari bo`yicha tasniflashtirildi: tabiiy, texnogen, ekologik va bu vaziyatlarda jabrlangan odamlar soniga, material zararining kattaligi va mashtabiga qarab, mahalliy, lokal, respublika va chegaralararo. Tabiiy favqulotdagi vaziyatlar, xavfli geologik, gidrologik, mereorologik, epidemiologik jarayonlarni ta`sir etish manbalari va faktorlarini aniqlanishi ko`rsatilgan. O`lchash birligini ta`minlash. Respublikada o`lchash birligini me`yoriy hujjatlar kompleksi bilan ta`minlanadi: – standartlashtirishni ilmiy-metodik va texnik asoslarini ishlab chiqish vaasosiy rivojlanish yo`nalishini aniqlash va o`rnatish; – mahsulotning asosiy ko`rsatkichlarini ishlab chiqish, qabul qilish va sinov usullarigaasosiy talablarni aniqlash va standartlashtirish; – mahsulot va xizmatlarning sertifikatlash bo`yicha ishlarni tashkillashtirish vaasoslarni ishlab chiqish; – yangi usul vaoliy aniqlik vositalarini yaratish va ularning mavjudligini takomillashtirish. – standartlar va texnik shartlarni tatbiq etish va ulargaamal qilish, o`lchash texnikasining holati va uning qo`llanishi ustidan davlat tomonidan nazorat qilish bo`yicha qonuniy, huquqiy asoslarni ishlab chiqish; – sanoat mahsulotini atestasiyasi bo`yicha ishlarni tashkillashtirish va koordinasiya qilish vaasoslarni ishlab chiqish; Standartlashtirishning asosiy prinsplari quyidagilar: – me`yoriy xujjatlarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy zarurati va maqbulligini inobatgaolgan holda ularni ishlab chiqish maqsadga muofiqligi; – ob`ektlarga quyiladiggan talablarni kelishib olish va me`yoriy xujjatlarni amalga joriy etish muddatlarini muvofiqlashtirish yo`li bilan metrologik ta`minlashni qo`shib hisoblab o`zarobog`langan ob`ektlarni standartlashtirishning kompleksligi; – me`yoriy xujjatlarni fan va texnikani hozirgi zamon yutuqlariga, ilg`or tajribaga, qonun hujjatlariga muofiqligini ta`minlash; – standartlashtirishning hamma bosqichlarida me`yoriy xujjatlarni o`zaro bog`liqligini va kelishilganligi, boshqarishning barcha pog`onalarida ularni o`xshash ob`ektlari uchun qaytadan ishlab chiqilmasligi; – amaldagi me`yoriy xujjatlar, standartlashtirish bo`yicha dasturlar va ish rejalari to`g`risidagi axborotlarni oshkoraliligi; – ko`pchilik dahldor tomonlarning kelishuviga erishish asosida me`yoriy xujjatlarni tasdiqlash; – me`yoriy xujjatlarning sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqliligi; – standartlashtirish sohasida zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarni qo`llash va hakozo. Download 29.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling