Standart, ularning turlari, ishlab chiqarish tartiblari, tasdiqlanishi, standartlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi. Reja: O`zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish»


Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad va vazifalari


Download 29.25 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi29.25 Kb.
#1551155
1   2   3   4
Bog'liq
Mohi 2

1.1. Standartlashtirishning asosiy tushuncha, maqsad va vazifalari


Standart bu ko`pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan, ma`lum sohalardaoptimal tartiblashtirishga yo`naltirilgan faoliyatning har xil turiga yoki natijalariga tegishli bo`lgan umumiy va takror qo`llaniladigan qonun qoidalar tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me`yoriy hujjatdir.
Standartlashtirish bu barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida umumfoydali, jumladan, iqtisodiyotga erishishda takrorlanadigan vazifa (jarayon)larning umum maqbul echimini topish uchun foydalanish sharti, texnik xavfsizlik va ekologiya talablariga rioya qilingan holda, ma`lum bir sohada, faoliyatni optimal darajada tartiblashtirish maqsadida qoidalar o`rnatish va qo`llashdir.

  • mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning aholining hayoti, sog`ligi va mol mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste`molchilar va davlat manfaatini himoya qilish;

  • mahsulotlarning o`zaroalmashuvchanligini va birg`biriga mos kelishini ta`minlash;

  • fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo`jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qilaolish imkonini oshirish;

  • barcha turdagi resurslar tejalishiga ko`maklashish, ishlab chiqarishning texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarini yaxshilash;

  • ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalgaoshirish;

  • mudofa qobilyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta`minlash;

  • o`lcholarni yagona birlikda bo`lishini ta`minlash;

Standartlashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • iste`molchi va davlatning manfaati yo`lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo`yish;

  • davlat fuqorolari va xorijiy mamlakatlar ehtiyoji uchun tayyorlanganmahsulotga kerakli talablarni belgilovchi me`yoriy hujjatlar tuzilishi va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo`llash, hujjatlarni nazorat qilish;

  • materiallarda energiya sig`imini kamaytirish, kam chiqindi chiqarish texnologiyalarini qo`llash;

  • metrologik me`yor, qoida, nizom va talablarni belgilanishi;

  • standartlashtirish bo`yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;

  • xorjiy mamlakatlarining talablari O`zbekiston Respublikasining xalq xo`jaligi ehtiyojlarini qondiraolgan hollarda ularning xalqaro mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to`g`ridan-to`g`ri qo`llash tajribasini kengaytirish;

  • texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;

  • mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xadqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;

  • texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy etish.

Download 29.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling