Standartlar shaklida rasmiylashtirilgan dopusk


Download 38 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi38 Kb.
#263902
Bog'liq
5-DOPUSK VA O'TKAZISHLAR NING YAGONA STANDARTLASHTIRISH TUZILISHI


DOPUSK VA O'TKAZISHLAR NING YAGONA STANDARTLASHTIRISH TUZILISHI

Dopusklar va o’tkazishlar tizimlari deb tajriba,nazariy va eksperimental izlanishlar asosida konuniyatli tuzilgan va standartlar shaklida rasmiylashtirilgan dopusklar va o’tkazishlar qatorlarining majmuasiga aytiladi.Tizim mashina detallarining tipaviy birikmalari uchun dopusklar va o’tkazishlarni minimal, lekin amal uchun yetarli variantlarini tanlash uchun mo’ljallangan.Bunday tizim kesish asbobolari va kalibrlarni standartlash, maxsulot va uni kismlarini loyiќalashni,ishlab chiqarishni osonlashtirishga imkoniyat beradi, o’zaroalmashinishga erishish uchun yo’l ochib maxsulot sifatiniham oshiradi.

O’zbekistonda va ilgari Iqtisodiy hamkorlik kengashiga kirgan barcha davlatlarda dopusklar va o’tkazishlar yagona tizimidan (ESDP SEV) va asosiy o’zaroalmashinish normalaridan foydalanilmokda. YeSDP SEV detallarning birikuvchi va birikmaga kirmaydigan tsilindrik, yassi va boshqa elementlariga tegishli.ESDP SEV da teshik sistemasi va val sistemasi bo’yicha o’tkazishlar nazarda tutilgan.



Teshik sistemasidagi o’tkazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlariga asosiy teshikni (N) turli dopuskli vallar bilan biriktirishhisobiga erishadilar.

Val sistemasidagi o’tkazishlarda tirqish va tarangliklarni turli qiymatlariga asosiy valni (h) turli dopuskli teshiklar bilan biriktirishhisobiga erishadilar.

Asosiy teshik bilan asosiy val dopusk maydonlari detal tanasi tomonga joylashadi.(1- rasm)

O’tkazish sistemasi konstruktorlik,texnologik va iqtisodiy afzalliklarga ko’ra tanlanadi.

Aniq teshiklar kimmatbaxo o’lchamli kesish asboblari yordamida ishlanadi.(zenker,razvertka,sidirgich va x.). Bu asboblarni xar biri muayyan dopuskli bir o’lchamga ishlov berishi mumkin.Vallar esa,o’lchamidan qattiy nazar,bitta keskich yoki jilvirlash doirasi bilan ishlanishi mumkin.Teshik sistemasida turli chekli o’lchamlarga ega teshiklar soni val sistemasiga nisbatan kam bo’ladi,demak bu teshiklarni ishlash uchun zarur kesish asboblari soniham kam bo’ladi.SHu sababli teshik sistemasi kengrok tarqalgan va afzal debhisoblanadi.

Ammo ba’zihollarda konstruktsion sabablarga ko’ra val sistemasini qo’llash zaruriyati paydo bo’ladi,masalan bir valga bir nominal diametrli turli o’tkazishlar bilan biriktiriladigan ketma ket joylashgan teshiklar kiygizilganda (2 rasm). Tortki, o’qlar, vallar kabi detallar yuqori aniqlikdagi sovuk kiryalangan chiviklardan mexanikaviy ishlovsiz tayyorlangandaham val sistemasidan foydalangan afzal.

Dopusk'>Dopusklar tizimini qurish uchun dopusk birligi tushunchasi kiritilgan. Dopusk birligi aniqlik o’lchovi bo’lib, dopuskni nominal o’lcham bilan bog’lanishini ifodalaydi.O’lchamlari 1 mm.dan 500 mm.gacha bo’lgan metall detallarning ishlov berish xatoligi bir xil texnologik sharoitlarda quyidagi konun bo’yicha o’zgarishi aniqlangan:

bu yerda X qiymati 2,5 bilan 3,5 orasida o’zgaradi.SHu izlanishlar asosida ISO va YeSDP SEV sistemalarida 1 - 500 mm o’lchamlar uchun dopusk birligi quyidagicha qabul qilingan:

500-3150 mm va 3150-10000 mm o’lchamlari uchun zapusk birligi j=0,004D+2,1.

Bu formulalardagi D - o’lchamlar intervallari chegaralarining o’rta geometrik qiymati



ESDP SEV da umumiy o’lchamlar qatori 3 diapazonga bo’lingan: 1mm dan 500 mm gacha; 500 mm dan katta 3150 mmgacha; 3150 mmdan katta 10000 mmgacha. 1 mmdan kichiko’lchamlar uchunham aloxida dopusklar kiritilgan (ST SEV 144-75). Dopusklar qatorlarini qurish uchun xar bir o’lchamlar diapazoni uz navbatida bir necha intervallarga bo’lingan. Intervalga kiruvchi barcha o’lchamlar uchun dopusk qiymati bir xil bo’ladi. Detallar va maxsulotlar talab qilingan aniqlik darajasi kvalitetlar yordamida meyorlanadi. Kvalitet deganda o’lchamlar diapazonining barcha nominal o’lchamlari uchun bir xil nisbiy aniqlik bilan tavsiflanadigan dopusklar to’plami tushuniladi. Bir kvalitet doirasida aniqlik faqat nominal o’lchamga bog’liq ravishda o’zgaradi. Unda ixtieriy kvalitet dopuski T = ai deb ifodalanishi mumkin. Bu yerda dopusk birliklari soniga teng bo’lgan a koeffitsenti nisbiy aniqlik darajasini bildiradi,uning qiymati kvalitet nomeriga bog’liq. Dopusklar va o’tkazishlar tizimi tuzilganda kvalitetlar soni ishlab chiqarishning turli soќalari talablariga, maxsulotlar aniqligini oshish istiqbollariga, erishib bo’ladigan aniqlik chegarasiga, funktsional va texnologik faktorlarga va qabul qilingan geometrik progressiyani maxrajiga binoan qabul qilinadi. Bir kvalitetdan ikkinchi kvalitetga o’tganda dopusklar geometrik progressiya maxrajiga o’zgaradi. Yuqorida keltirilgan dopusk birligi formulalari 5 - 17 kvalitetlar dopusklarini aniqlash uchun ishlatiladi.

SHunga e’tibor qilish kerakki,xar bir o’lchamlar intervalining chegaraviy qiymatlari bo’yichahisoblangan dopusk qiymati shu intervalni o’rta qiymati bo’yichahisoblangan dopuskdan 58% dan ko’p farq qilmaydi.O’lchamlar intervallarga shu talabga binoan taksimlangan.Bundan tashkari standartlarda keltirilgan dopusklar va og’ishlar o’lchami normal temperaturada aniqlangan detallarga tegishli.Bu temperatura barcha davlatlarda 200S deb qabul qilingan.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling