DS – barcha korxona va butun mamlakatning (territoriyasida) hududida hamma uchun ko`rsatmalari bajarilishi majburiy bo`lgan hujjatдир.
TS – o`ziga berkitilgan tarmoq korxonalari va ishlab chiqarish muassasalari uchun majburiy (neft-gaz sanoati, elektr-energetika sanoati, kimyo sanoati va boshq.)
KS – o`zi uchun (Tegishli Vazirlik tomonidan) tasdiqlab olgan korxona standarti hisoblanadi va faqat shu korxonada qo`llaniladi. Korxona stardarti, boshqarish kompleksining negizini tashkil qiladi.
Texnikaviy shart (TSH) – standartlash uchun me'yoriy-texnik hujjat bo`lib, mahsulotni ishlab chiqarish va nazorat qilish uchun qo`yiladigan barcha talablarni o`z ichiga oladi. TSH –ni Davlat standarti BH 2,115 (Hozir O`zbekiston Respublikasi standarti) – talabiga binoan tuziladi va tegishli Vazirlik (korxona raxbariyati) tomonidan, ma'lum bir vaqt ichida kuchga ega uchun tasdiqlanadi. Kezi kelganda mahsulot yangilanishiga qarab muddat o`zgatiriladi.
Xalq xo`jaligida standartning quyidagi ko`rinishlari mavjud:
-texnik talablar yozilgan hujjatlar;
-parametrlar va o`lchamlar;
-turlar va asosiy tegishli chegaraviy o`lchamlar;
-tuzilishlar;
-marka va assortimentlar;
-namunaviy texnik jarayonlar;
-qabul qoidalari;
-nazorat usullari (tekshiruv, tahlil va o`lchash);
-axborot ma'lumotini yozish, qadoqlash, tashish va asrash;
-foydalanish va ta'mirlash.
Standartlash bo`yicha Xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda tashkil topgan bo`lib, nodavlat tashkilot hisoblanadi va BMT imtiyozlaridan foydalanadi.
ISO a'zolari bo`lib quyidagilar hisoblanishi mumkin:
standartlashtirish bo`yicha milliy tashkilotlar;
standartlashtirish bo`yicha milliy tashkiloti bo`lmagan davlatlar vakillari.
Hozirga vaqtga kelib ISO tashkilotiga dunyoning 100ga yagin davlatlari a'zo bo`lishgan (O`zbekiston Respublikasi bu tashkilotga 1992 yildan a'zo hisoblanadi).
Xalqaro ISO tashkiloti quyidagi vakolatlarga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: |