Standartlashtirish asoslari


Standartlashtirish ishlarini qadim zamonda, o‘rta asrda va XX asr


Download 164.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.11.2023
Hajmi164.48 Kb.
#1785566
1   2   3
Bog'liq
1-maruza (1)

 
Standartlashtirish ishlarini qadim zamonda, o‘rta asrda va XX asr 
boshlaridagi holati. 
XVIII asr oxirida frantsuz olimlari rypyhi tomonidan ishlab chiqilgan 
o‘lchovlarning metrik tizimi XIX asrning ikkinchi yarmida xalkaro tan olindi. 
O‘lchovlarning xalqaro birliligini ta'minlash maqsadida 1875-yilda 17 mamlakat, 
shu jumladan Rossiya Metrik konventsiyaga imzo chekdi. 1960-yilda o‘lchovlar va 
tarozilar bo‘yicha Bosh konferentsiya Xalqaro birliklar tizimi (SI) ni uzil-kesil qabul 
qildi. Shunday qilib, o‘lchov birliklari xalkaro miqyosda birxillashtirildi. 
1946-yil noyabr oyida Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) 
tuzildi. Shundan keyin standartlashtirish yordamida Yagona Jahon Iqtisodiy 
Maydonini yaratish boshlandi. 
O‘zbekistonda standartlashtirishning rivojlanishi 
O‘zbekistonda 
o‘lchashlar 
sohasida 
standartlashtirish 
ishlarini 
tashkillashtirish 1923-yilda Toshkentda Turkiston Markaziy o‘lchovlar va tarozilar 
idorasini tuzish bilan boshlandi, Keyinchalik bu idora O‘lchovlar va tarozilar 
palatasiga aylantirildi. 
Toshkent shaharida Sirdaryo (Toshkent shahriga, uyezdiga, Sirdaryo 
viloyatiga xizmat ko‘rsatadi); 
Samarqand shaharida Samarqand (Samarqand va Amu-daryo viloyatlariga 
xizmat ko‘rsatadi); 
Qo‘qon shahrida Farg‘ona (Farg‘ona viloyatiga xizmat ko‘rsatadi); 
Poltaratsk shaharida Turkmaniston (Turkmaniston viloyatiga xizmat 
ko‘rsatadi); Poltaratsk - Ashxobod shaharining eski nomi; 
Olma-Ota shaharida Yettisuy (Ettisuy viloyatiga xizmat ko‘rsatadi) qiyoslash 
palatalari tashkil etildi, Bu qiyoslash palatalari keyinchalik standartlashtirish va 
metrologiya davlat xizmatlarini - davlat tekshiruv laboratoriyalari (DTL) ni yaratish 
uchun asos bo‘ldi. 
1926-yil iyunda O‘zbekiston Ishchi-Dehqon Inspektsiyasi Xalq Komissarligi 
qoshida standartlashtirish bo‘yicha idora yaratildi. Bu idoraning asosiy vazifasi 
standartlashtirishni boshqarish buyicha respublika idorasini tuzish taklifini 
tayyorlash bo‘ldi. 
1930-yil mart oyida Xalq Komissarlari Soveti (XKS) O‘zbekiston SSR XKS 
huzurida Standartlashtirish qo‘mitasini tashkil qildi. 
Standartlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Qo‘mitasi standartlarni ishlab chiqish 
va joriy etish, mahsulot sifatini yaxshilash, o‘lchov va tekshirish asboblarining 
ishonchliligini, birxilliligini va mintaqa vaqtining to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat 
qilishga rahbarlik qilgan. Qo‘mita huzurida Mahsulot sifati bo‘yicha davlat 
ekspertiza idorasi faoliyat ko‘rsatgan. 1933 y. da bu idoraning vazifalari Mahsulot 
sifati bo‘yicha inspektsiyaga topshirildi. 


Respublikada standartlashtirish bo‘yicha ishlar tarmoqlarning takliflari 
bo‘yicha tuzilgan va Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan 
yillik rejalar bo‘yicha olib borilgan. Reja tarkibida quyidagi bo‘limlar bor bo‘lgan: 
1) standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Butunittifoq 
standartlashtirish bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish; 
2) standartlarni ishlab chiqarishga joriy etish; 
3) standartlarni joriy etish va ularga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatish. 
Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mita idoralari standartlarning joriy etilishini va 
ularga rioya qilinishini, meva tozalash, yog‘ ishlab chiqarish, paxta tozalash
konserva va non zavodlarida, pillakashlik, tikuvchilik va poyabzal fabrikalarida, don 
omborlari, elevatorlar, qushxonalar, g‘isht zavodlarida mahsulot sifatini muttasil 
tekshirib borgan. Qo‘mita shuningdek, respublika uchun xos mahsulotga respublika 
standartlari (O‘z REST) ni ham tasdiqlagan. 
Qo‘mita standartlashtirish bo‘yicha ishlarga rahbarlik qilgan, ishlar rejasini 
tasdiqlagan, standartlashtirish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha ishlarni 
moliyaviy ta'minlanganligini aniqlash maqsadida smeta va sanoat moliya rejalarini 
kelishilgan. 
Tekshiruv-ekspertiza kameralarini, texnik tekshiruv idoralarini, shuningdek 
mahsulot sifatini yaxshilash va standartlarning talablariga rioya qilinishini 
ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejalarini tashkillashtirish bo‘yicha Qo‘mita 
qarorlari respublikaning barcha xalq komissariatlari va mahkamalari uchun 
majburiy bo‘lgan. 
Standartlashtirish bo‘yicha Qo‘mita vazifalari va huquqlari kengaya bordi. 
1931 y. mart oyida O‘zbekiston O‘lchovlar va tarozilar palatasi bekor qilindi, 
uning vazifalari esa Qo‘mitaga topshirildi. Mahaliy qiyoslash palatalari 
Standartlashtirish bo‘yicha mahalliy idoralarga aylantirildi. 
1964 y. da Toshkent DTL asosida Respublika standartlashtirish va 
metrologiya bo‘yicha metodik markaz - O‘zbekiston Respublikasi standartlar va 
o‘lchash vositalari ustidan davlat nazorati laboratoriyasi (O‘z RDNL) tashkil etildi. 
Keyinchalik O‘z RDNL O‘zbekiston standartlashtirish va metrologiya markazi 
(O‘zSMM) deb nomlandi. 
Qoraqalpok poytaxtida, barcha viloyatlar markazida va Qo‘qon hamda 
Chirchiq shaharlarida davlat tekshiruv laboratvriyalari tashkil etildi, keyinchalik esa 
Standartlashtirish va metrologiya markazlari (SMM) tuzildi. 
1973 y. da Ministrlar Soveti huzuridagi standartlar Qo‘mitasi Vakilining 
apparati 
CSSR 
Davstandart 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
boshqarmasi 
(O‘zdavstandart)ga aylantirildi. 
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin qisqa vaqt ichida bozor 
iqtisodiyoti talablarini qondiradigan va o‘tish davrini hisobga oladigan 
standartlashtirish davlat tizimini yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Buning uchun, 
birinchi navbatda, tashkiliy masalalarni hal qilish talab etildi. 
Vazirlar Mahkamasi 1992 – y.da №93 “O‘zbekiston Respublikasida 
stan¬dartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida” qapop qabul qildi. 
Qarorda ko‘rsatilishicha, standartlashtirish bo‘yicha ishlar “O‘zbekiston 
Respublikasining mustaqilligini e'lon qilish munosabati bilan, standartlashtirish


metrologiya va sertifikatlashtirish respublika milliy tizimini yaratish zaruratidan 
kelib chiqqan holda, shuningdek, Mustaqil davlatlar xamkorligi davlatlari o‘rtasida
xo‘jalik, savdo, ilmiy-texnik va boshqa munosabatlarni saqlash, jahon mamlakatlari 
bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlikda texnik to‘siqlarni bartaraf etish
maqsadida” tashkil etiladi. 
Sobiq SSSR Davstandartining respublika hududida joylashgan idoralarini 
birlashtirish asosida Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish davlat markazi (O‘zdavstandart) tashkil etildi. Bu 
markazga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha 
respublika milliy idorasining vazifalari yuklatildi va O‘zdavstandart SSSR 
Davstandartning O‘zbekistondagi hyquqiy merosi deb belgilandi. 
1993-1997 yillarda O‘zbekistonda standartlashtirish va mahsulot si-fati 
sohasida qonunlar shakllantirildi: “Standartlashtirish to‘g‘risida”, “Mahsulot va 
hizmatlarni 
sertifikatlashtirish 
to‘g‘risida”, 
“Metrologiya 
to‘g‘risida”, 
“Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘rsida”, “Oziq-ovqat mahsuloti 
sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning sog‘ligini sak,lash to‘g‘risida”, 
“Ta'lim to‘g‘risida” Qonunlar qabul qilindi. Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish sohasida qonunlarni mukammallashtirish maqsadida 2000 y va 
2003 y. da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Standartlashtirish 
to‘g‘risida”, “Mahsulotni va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”, 
“Metrologiya to‘g‘risida” qonunlarga o‘zgartirishlar kiritildi . 
“Standartlashtirish to‘g‘risida” va “Ta'lim to‘g‘risida” Qonunlarga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 12 avgust 1994 y. №410 
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba'zi qarorlariga o‘zgartirishlar va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” va 5 yanvarь 1998 y №5 “Uzluksiz ta'lim tizimi 
uchun davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqarish va kiritish to‘g‘risida” qarorlari 
qabul qilindi. 
Qo‘shni sohalarda ham standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-laltirishni 
mukammallashtirish, 
mahsulotning 
sifatini 
ta'minlash 
va 
mahsulotning 
raqobatbardoshligini xalqaro standartlarni keng qo‘llanish asosida oshirish 
maqsadida Vazirlar Maxkamasining 3 oktyabrь 2002 y. № 342 “Mahsulot va 
xizmatlarni standartlashtirish, metrologiya va serti-fikatlashtirish tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. 

Download 164.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling