Standartlashtirish asoslari


Standart o‘lchamli qurilish materiallarining dastlabki ishlatilishi


Download 164.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi164.48 Kb.
#1785566
1   2   3
Bog'liq
1-maruza (1)

Standart o‘lchamli qurilish materiallarining dastlabki ishlatilishi 
O‘zdavstandart Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
O‘zbekiston Agentligiga (O‘zstandart Agentligiga) aylantirildi. O‘zdavstandartning 
hududiy idoralari asosida Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi (SMB) va 
Sinash va sertifikatlashtirish markazlari (SSM) barpo etildi. Respublika 
SSM,Toshkent viloyati SMB va SSM 
yaratildi. Agentlik apparatida 
Standartlashtirish va davlat nazorati, Muvofiqlikni tasdiqlash, metrologiya, 
akkreditlash va inspektsion tekshiruv, moliya-iqtisod boshqarmalari barpo etildi. 
O‘zTMTI da ishlab chiqilgan 200 dan ortiq nomli asos bo‘luvchi me'yoriy 
hujjatlar tasdiqlandi va joriy etildi. Bu me'yoriy hujjatlar O‘z SDT, O‘z O‘DT, O‘z 


SMT, TIIA TKYaT, O‘z AT, O‘z MST, O‘z ST va boshqalar doirasida amalda 
faoliyatning barcha yunalishlari bo‘yicha ishlarni bajarish qoidalarini belgilaydi. 
Shunday qilib, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni 
taьminlash, sifatni ta'minlash me'yoriy-huquqiy ta'minlash asosan tugallandi. 
Hozirgi vaqtda asos bo‘luvchi me'yoriy hujjatlarni qo‘llanish tajribasini va bozor 
iktisodiyotini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda bu hujjatlar jamg‘armasini 
dolzarblash jarayoni bormokda. 
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida mahsulotga (xizmatlar, ishlar, jarayonlar) 
respublika me'yoriy hujjatlarining davlat jamg‘armasini to‘ldirish davom etmoqda. 
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, standartlashtirish bo‘yicha 
asosiy tashkilotlar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan uch mingdan ortiq 
respublika me'yoriy xujjatlari ishlab chiqildi, bular ichida chigitli paxta, paxta tolasi, 
oltin va kumush quymalari, gazlamalar, poyabzal, kiyimga oid hujjatlar ham 
mavjud. Elektrotexnik maqsadlarda ishlatiladigan mis, gidravlik taqsimlagichlar, 
gidrotsilindrlar, surilma qopqoqlar, issiqlik almashinish apparatlari, teri, yog‘och 
ishlash stanoklari, paxta tozalash jihozlari, kompressorlar, ventilyatorlar, yuk 
ko‘tarish kranlari, gaz kondensatlari, tabiiy yonuvchi gazlar, motor moylari, plastik 
moylarga texnik shartlar tasdiqlangan. 
Sayoxat-ekskursiya xizmati sohasida xizmatlar doirasida asosiy qoidalar, 
atamalar va ta'riflarni, mexmonxonalar tasnifini belgilovchi O‘zbekiston davlat 
standartlari tasdiqlangan. 
Respublikaning Jahon savdo tashkilotiga kirishiga tayyorlanishi bo‘yicha 
ishlar boshlandi: xalqaro standartlarni qo‘llanish bo‘yicha, mamlakatimiz va xorijiy 
standartlarining statuslari (huquqiy holatlari) ni o‘zaro yaqinlashtirish, texnik 
reglamentlarni qo‘llanish, xalqaro savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish 
jarayonlarini huquqiy ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Bu maqsadlarda standartlashtirish xalqaro amaliyotini hisobga olgan holda 
O‘z SDT ni takomillashtirish bo‘yicha 2010 yilgacha mo‘ljallangan Kontseptsiya va 
Kontseptsiyani amalga oshirish bo‘yicha Dastur ishlab chiqildi. Kontseptsiyani 
bajarish uchun “Savdodagi texnik chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni loyihasi”, “O‘z SDT. Texnik reglament Asosiy qoidalar” 
davlat standarti ishlab chiqildi. ISO/MEK 21:1999 “Xalqaro standartlarni hududiy 
va milliy standartlar sifatida qabul qilish" xalqaro standarti qayta rasmiylashtirilib, 
O‘zbekiston davlat standarti sifatida qabul qilindi. 
O‘z SDT asos bo‘luvchi standartlariga standartlashtirish xalqaro amaliyotiga 
muvofiq o‘zgartirishlar kiritilmoqda. 

Download 164.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling