ISO tashkilotining kengashiga quyidagi byuro va komitetlar buysunadi.
1. PLAKO – texnik byuro;
2. STAKO – standartlashning ilmiy tamoyillarini o‘rganuvchi komitet;
3. KASKO – muvofiqlikni baholash komiteti;
4. INKO – ilmiy texnikavii axborot komiteti;
5. DEVKO – rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatuvchi tashkilot;
6. KOPOLKO – iste’molchilar manfaatlarini himoya qiluvchi komitet;
7. REMKO – standart namunalari boyicha komitet.
ISO tashkilotining rasmiy tillari – ingliz, rus, fransuz tillari hisoblanadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng erishgan muhim yutuqlaridan biri – bu uning 1992 yilda ushbu nufuzli xalqaro tashkilotga 92 – nchi davlat sifatida qabul qilinishi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi ISO ning teng xuquqli a’zolaridan biri hisoblanadi.
- Elektrotexnika sohasidagi xalqaro hamkorlik ishlari 1881 yilda elektr boyicha birinchi Xalqaro kongressning o‘tkazilishidan boshlangan edi. 1906 yili Londonda 13 mamlakat vakillarining konferensiyasida maxsus idora – xalqaro elektrotexnika komissiyasi (XEK) tuzish to‘g‘risida bir fikrga kelindi. Bu idora elektr mashinalari sohasi boyicha atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullana boshladi.
- XEK (ko’pgina adabiyotlarda MEK deb berilgan, bu ruscha “Mejdunаrodnаya elektrotexnicheskаya komissiya” so’zlarining bosh harflaridan olingan) nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini hal qilishdir.
XEK ingliz, frantsuz va rus tillarida ish olib boradi. - XEK ning Oliy rahbar idorasi XEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qumitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse – prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. XEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
- 1972 yilga qadar XEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa XEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |