Standartlashtirish usullari Reja


Download 223.35 Kb.
bet3/8
Sana02.01.2022
Hajmi223.35 Kb.
#186232
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
standartlashtirish usullari

Agregatlashtirish usuli. Agregatlashtirish – geometrik va funktsional o‘zaro almashinuvchanlik asosidagi turli buyumlarni yaratishda ko‘p marta ishlatuvchi, alohida, standart, birxillashgan bo‘laklardan iborat mashinalarni, asboblarni va jihozlarni yaratish va ishlatish usuli hisoblanadi.

Agregatlashtirish mashina va jihozlarni ishlash sohalarini kengaytiradi, ishlash muddatini uzaytiradi, ulardan foydalanishni osonlashtiradi.

Agregatlashtirishning yana bir muhim xususiyatlaridan biri – asosiy turlarini modifikatsiyalanishi hisobiga mashina va jihozlarning nomenklaturasini ko‘payishidir. Bundan tashqari, agregatlashtirilgan jihozlar konstruktiv qaytaruvchanlikka ega bo‘ladi. Bu esa standart agregat va bo‘laklarni ishlab chiqarish ob’yektlarining konstruktsiyalarini o‘zgartirishda va joiz bo‘lganda yangi turdagi mahsulotlarga o‘tishdagi moslashuvlarda takror ishlatish imkoniyatini yaratadi.

Agregatlashtirish prinsipi birxillashgan elektron bloklar, o‘lchash o‘zgartkichlari va elementlaridan tashkil topgan tekshiruv – o‘lchash asboblarini yaratishda keng qo‘llaniladi.




Download 223.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling