3150 mm dan 10000 mm gacha ham besh interval kiritilgan.
1 mmdan kichik oʻlchamlar uchun 0,1 mmgacha, 0,1 mmdan katta 0,3 mmgacha, 0,3 mmdan katta 1 mm gacha boʻlgan uchta interval mavjud.
SEV tizimida 1 mm dan 10000 mm gacha boʻlgan oʻlchamlar uchun 19 ta kvalitet kiritilgan: 01, 0, 1, 2, ... 16, 17.
Kvalitetlar quyidagicha belgilanadi: IT 01; IT0; IT1; ..., IT17.
1 mmdan kichik boʻlgan oʻlchamlar uchun 14-17 kvalitetlar dopusklari ishlatilmaydi.
500 mmgacha boʻlgan oʻlchamlar uchun
turli tirqishli va taranglikli o’tqazishlar hosil qilish maqsadida vallar va teshiklar uchun 27 xil asosiy og’ishlar kiritilgan.
A-H (a-h) asosiy og’ishlari tirqishli o’tqazishlar dopusk maydonlarini hosil qilish uchun,
J-N (j-n) - oʻtuvchi o’tqazishlar,
P-ZC (p-zc) tarang o’tqazishlar dopusk maydonlarini hosil qilish uchun moʻljallangan YSDP SEV tizimida dopusk maydoni qaysidir asosiy og’ishni qaysidir kvalitet dopuski bilan biriktirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Shuning uchun dopusk maydonlari asosiy og’ish harfi (yoki ikkita harfi) va kvalitet raqami bilan belgilanadi, masalan: h6; ef8; H6; EF8.
Mahsulotlar unifikatsiya darajasini oshirish, oʻlchamli kesish asboblari va kalibrlar turlarini qisqartirish maqsadida SEV tizimida 1-500 mm oʻlchamlar diapazoni uchun afzal dopusk maydonlari
ajratilgan.
Chekli og’ishlar va o’tqazishlarni chizmalarda belgilash.
Oʻlchamlarning chekli og’ishlari chizmalarda dopusk maydonlarini shartli belgilari yoki qiymatlari bilan koʻrsatiladi. Yig’ilgan holda koʻrsatilgan birikmalar oʻlchamlarining og’ishlari kasr koʻrinishida koʻrsatilib, uning suratida teshik dopusk maydonining belgisi, maxrajida val dopusk maydonining belgisi koʻrsatiladi.
Chekli og’ishlar quyidagi hollarda ham shartli belgi, ham yonida qavsni ichida raqamlar bilan koʻrsatiladi:
1) normal chiziqli oʻlchamlar qatoriga kirmagan oʻlchamlar uchun, masalan 41,5 H8 (+0,039);
2) og’ishlari ST SEV 144-75 dan boshqa standartlardan olingan birikmalar oʻlchamlari va elementlari uchun; 3) nosimmetrik dopusk maydonli pog’onalar oʻlchamlari uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |