Standartlashtirish


Download 335.74 Kb.
bet8/12
Sana31.01.2023
Hajmi335.74 Kb.
#1145913
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Chekli og’ishlar chizmada koʻrsatilgan barcha oʻlchamlarga belgilanadi. IT 12 va undan qoʻpol dopuskli, ahamiyati past oʻlchamlarning chekli og’ishlari texnik talablarda umumiy yozuv bilan belgilanadi. Yumaloqlash radiuslari va faskalar oʻlchamlaridan tashqari oʻlchamlarning koʻrsatilgan chekli og’ishlari kvalitetlar yordamida ham belgilanishi mumkin:
1 mmdan kichik oʻlchamlar uchun IT11-IT13 boʻyicha;
1-10000 mm oʻlchamlari uchun IT12-IT17 boʻyicha.
Masalan, chekli og’ishlar chizmadagi texnik talablarda quyidagicha koʻrsatiladi:
Oʻlchamlarning koʻrsatilmagan chekli og’ishlari: teshiklar uchun – H14; vallar uchun – h14; ± IT14/2).
Oʻtuvchi o’tqazishlarni tanlash.
H/js, H/k, H/m, H/n oʻtuvchi o’tqazishlari qoʻzg’almas ajraluvchan birikmalarda detallarni bir biriga nisbatan markazlashtirish uchun ishlatiladi. Yig’ish-yechish osonligini va markazlashtirish aniqligini taʼminlash maqsadida bu o’tqazishlar faqat 4-8 kvalitetlarda kiritilgan
H/n o’tqazishi katta kuchlarni uzatishda, vibratsiya va zarbalar taʼsirida ishlatiladi va presslar yordamida yig’iladi.
H/m o’tqazishi ancha katta statik va kichikroq dinamik kuchlanishlar uchun va birikma kamdan kam yechilishi sharoitida ishlatiladi.
H/k o’tqazishi yordamida yaxshi markazlashtirishga erishish mumkin, shuning uchun tishli g’ildiraklar, muftalar va shkivlarni o’tqazish uchun ishlatiladi.
H/js o’tqazishda koʻproq tirqish sodir boʻladi, shuning uchun bu o’tqazish birikma tez-tez yechilib turganda ishlatiladi. Bu o’tqazishlar baʼzi hollarda detallarning aniqligini oshirishmasdan markazlashtirish aniqligini oshirish maqsadida H/n o’tqazishlari oʻrniga ham ishlatiladi.

Metrologiya asoslari


Metrologiya
bu fizikaviy kattaliklarni oʻlchash, oʻlchash usullari va vositalari yagonaligini taʼminlash hamda talab qilingan aniqlikka erishish usullari haqidagi fandir

Download 335.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling