Стандартлаштириш ва ўзаро алмашинувчанлик


Download 486.5 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi486.5 Kb.
#1165738
  1   2   3   4
Bog'liq
Kompleks standartlashtirish va o‘zaro almashuvchanlik


Kompleks standartlashtirish va o‘zaro almashuvchanlik.
Reja:



  1. Standartlashtirish va standartlar. Ta’riflar.

  2. O‘zaro almashinuvchanlik to‘g‘risida umumiy tushunchalar.

  3. Funksional o‘zaro almashinuvchanlik.

  4. Joizliklar va o‘tqazishlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar.

  5. Og‘ishlarning chizmalarda belgilanishi.

1. Standart va standartlashtirish. Ta’riflar


Standartlashtirish – bu fan, texnika va iqtisodiyot doirasidagi takrorlanuvchi masalalarning yechimini topish va ma’lum sohada maqbul darajada tartiblashga yo‘naltirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. Ushbu faoliyat natijasida optimal iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va mehnat xavfsizligiga erishiladi.
Standartlashtirish natijasida mahsulot turlari, rusumlari, parametrlari, o‘lchamlari va sifati bo‘yicha hamda ishlab chiqarish texnologiyasi, sinash va nazorat qilish uslubi, mahsulotni joylash, rusumlash, saklash va boshqalarga me’yoriy hujjatlar yaratiladi.
Standart - bu bir xil mahsulot guruhlariga, kerak bo‘lganda aniq mahsulotga talab qo‘ygan, ularni ishlab chiqarish, qo‘llash va ulardan foydalanish qoidalarini o‘z ichiga olgan, vakolatli tashkilot tomonidan tasdiqlangan me’yoriy –texnik hujjatdir.
O‘zaro almashinuvchanlikning qoidalarini amalga oshiruvchi standartlarni 2 guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Mashinasozlikning barcha tarmoqlariga, barcha buyum va detallarga tegishli umumiy me’yor (standart)lar;

  2. Aniq (konkret) buyumlarning o‘zaro almashinuvchanligi amalga oshiruvchi me’yor (standart)lar.

GOST 8032-56 “Afzal sonlarning asosiy qatorlari” va GOST 6636-69 “Normal chiziqli o‘lchamlar qatorlari” 1-guruh standartlarini tuzish uchun asos qilib olinadi.
Aniq (konkret) buyumlar standartlari funksional o‘zaro almashinuvchanlik talablarini belgilaydi. Masalan, dumalanish podshipniklarining geometrik parametrlari (xalqalar eni, diametrlari, shakli va tayyorlash aniqligi), aylanish aniqligi me’yorlari va h.k. parametrlariga standartlar ishlab chiqilgan.
O‘zaro almashinuvchanlik prinsiplarini sanoatga joriy qilinishi xalq xo‘jaligining samaradorligini keskin oshiradi, mahsulot tannarxini kamaytiradi.



Download 486.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling