Standartlashtirishning prinsiplari reja: Standartlashtirish maqsad va vazifalari. Asosiy tushuncha va atamalar


Download 25.93 Kb.
bet2/5
Sana09.02.2023
Hajmi25.93 Kb.
#1182110
1   2   3   4   5
Bog'liq
Standartlashtirish

Asosiy tushuncha va atamalar.


Standartlar va Standartlashtirish


  • Standart bu mahsulot yoki xizmatlar uchun talablar, qoidalar va ko‘ rsatmalarni o‘ zaro bir-biri bilan mutanosib kelishini ta’minlovchi hujjat hisoblanadi. Bu talablar, ba'zan, mahsulotlar yoki xizmatlar jarayonlari tavsifi bilan tushuntiriladi.

  • Standartlar kelishuvlar natijasidir va ular tegishli organ tomonidan tasdiqlanadi.

  • Standartlar maqsadi belgilangan doiradagi tartibini optimal darajasiga erishishdir.

  • Standartlashtirish - Standartlarni shakllantirish, ishlab chiqish va tadbiq etish jarayoniga aytiladi.

Standart - bu ko‘ pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi (konsensus) asosida ishlab chiqarilgan va mahlum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘ naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bo‘ lgan umumiy va takror qo‘ llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiyalar, talablar va usullarini o‘ z ichiga olgan hamda, belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan mehyoriy hujjatdir. Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslangan va jamiyat uchun yo‘ naltirilgan bo‘ lishi kerak.
Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘ lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘ p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali mahlum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘ naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi. Bu faoliyat standartlarni va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ ladi. Standartlashtirishning muhim natijalari odatda mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifaga mos kelishi, savdodagi g’ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘ maklashishda namoyon bo‘ ladi.
Standartlashtirish obyekti sifatida standartlashtiriladigan narsa (mahsulot, jarayon, xizmat) tushuniladi.
"Standartlashtirish ob’ekti" tushunchasini keng mahnoda ifodalash uchun "mahsulot, jarayon, xizmat" iboralari qabul qilingan bo‘ lib, buni har qanday materialga, tarkibiy kismlarga, asbob-uskunalarga, tizimlarga, ularni mosligiga, qonun-qoidasiga, ish olib borish uslubiga, vazifasiga, usuliga yoki faoliyatiga teng darajada daxldor deb tushunmoq lozim.
Standartlashtirish har qanday obhektning muayyan jihatlari (xususiyatlari) bilan cheklanishi mumkin. Masalan, oyok kiyimga nisbatan yondashiladigan bo‘ lsa, uning katta-kichikligi va pishikligini alohida standartlashtirish mumkin.
Standartlashtirish obhekti sifatida xizmat – xalqqa xizmat qilishni (xizmat shartlarini qo‘ shib) va korxona hamda tashkilotlar uchun ishlab chiqarish xizmatini o‘ z ichiga oladi. Standartlashtirishning boshqa obhektlari faoliyatining biriktirilgan sohalarida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘ mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘ mitasi hamda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Download 25.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling