Stansiyalari
Download 194.97 Kb.
|
UER Muhiddin
Kirish Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli iqtisodiyotni shakllanishi sharoitida mamlakatimizda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash, transport-tranzit salohiyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar joriy etish, oshirishda ilg‘or xorijiy tajribalarni qo‘llash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bevosita temir yo‘llari bilan bog‘liq. Shu bois mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan keyin temir yo‘l inshootlari va qurilmalarini rivojlantirish, yaxshilashga tobora katta e’tibor berilmoqda va katta hajmdagi sarmoyalar ajratilmoqda. “Temir yo‘l stansiyalari to‘g‘risida”gi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasida joylashgan temir yo‘l stansiyalari oraliq, uchastka, saralash, yuk, yo‘lovchi va xalqaro kesishuv stansiyalariga bo‘linadi. Uchastka bekatlari lokomotivlarning aylanma punkti; lokomotivlarni ta’mirlash asosiy deposi; brigadalarni almashlash punkti bilan bo‘lishi mumkin. Asosiy yo‘llarning soniga ko‘ra uchastka bekatlari bir yo‘lli yoki ikki yo‘lli bekatlari hisoblanadi. Parklarining o‘zaro joylashuviga ko‘ra uchastka bekatlarining bo‘ylama, ko‘ndalang va yarim bo‘ylama turlari mavjud. Uchastka bekatlarida yo‘lovchi va yuklarni tashish bo‘yicha barcha amallar bajariladi: tranzit poyezdlar bilan ishlash, tarkiblarni tarqatish va tuzish, lokomotivlar va poyezd brigadalarini almashlash, yo‘lovchi chiptalarini sotish, yo‘lovchilarni vagonlar chiqarish va tushirish, yuk va bagajni ortish va tushirish. Uchastka va terma poyezdlarni tuzish va tarqatishga, vagonlarning texnik yoki nazorat ko‘rigini o‘tkazishga, yuk va bagajni ortish va tushirishga, yo‘lovchilarni vagonlarga chiqarish va tushirishga xizmat qiluvchi stansiyalar uchastka stansiyalari deb nomlanadi. Uchastka stansiyalarida asosan quyidagi turdagi amallar bajariladi: tranzit qayta ishlanmaydigan va qisman qayta ishlanuvchi (ko‘p guruhli va og‘irligi o‘zgartiriluvchi) poyezdlarga ishlov berish, ya’ni tarkiblar texnik va tijorat ko‘rigi, lokomotivlar va brigadalarni almashishi va vagonlarni tarkibdan ajratmay ta’mirlash. Vagon oqimlarini qayta ishlash kam miqdorda bajariladi va asosan mahalliy poyezdlar-uchastka, terma va chiqaruvchi poyezdlarni tarqatish va tuzish bilan cheklaniladi. Poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, shartlari va usullari bo‘yicha mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish, harakat xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni hal etishda kompleks yondashish ko‘nikmalarini hosil etish, temir yo‘llarning avariyasiz, talofatlarsiz ishlashini ta’minlash biz temir yo‘lchilar uchun asosiy vazifadir. Ushbu bitiruv malakaviy ishida “N” uzel uchastka stansiyasiga texnik- foydalanish tavsif beriladi, topshiriq asosida stansiyaning ish hajmi hisoblanadi, stansiyada poyezdlar va manyovr harakat tarkiblari bilan bajariladigan amallar, shu jumladan mahalliy vagonlar bilan ishlash texnologiyasi ishlab chiqiladi va ular me’yorlanadi. Download 194.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling