Stansiyalari


Qabul qilib jо‘natish parklarida poyezdlarga ishlov berish texnologiyasi


Download 194.97 Kb.
bet6/14
Sana14.03.2023
Hajmi194.97 Kb.
#1268167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
UER Muhiddin

3.1 Qabul qilib jо‘natish parklarida poyezdlarga ishlov berish texnologiyasi
3.1.1 Tranzit poyezdlar bilan ishlashning texnologik jarayoni
Tranzit poyezdlar maxsus tranzit parklarga yoki jо‘natish parklariga qabul qilinadi. Tranzit poyezdlar qabul qilinuvchi yо‘llar ehtiyot qismlar uchun tokchalar, tarkibni jо‘nashga tayyorlash uchun zarur qurilmalar, avtotormozlarni sinash uchun havo о‘tkazgichlar, yuqori tovushli aloqa va sо‘zlashuv kolonkalari bilan jihozlanadi.
Poyezd kelgunga qadar poyezd dispetcheri bekatga uning nomeri, kelish vaqti va manzili haqida ma’lumot uzatadi. Kelayotgan poyezdni uni ishlash bilan bog‘liq bо‘lgan bekat xodimlari kutib oladilar. Qayta ishlovsiz tranzit poyezdlar bilan bekatda quyidagi amallar bajariladi: vagonlarning texnikaviy va tijorat kо‘ruvi, vagonlarni ta’mirlash, brigadalarni almashlash, ba’zi bekatlarda lokomotivlarni almashlash va avtotormozlarni sinash va boshqalar. Massasini о‘zgartiruvchi va guruhlarini almashlovchi poyezdlar uchun hujjatlarni taxtlash va natura varaqalarini rasmiylashtirish ishlari bajariladi.
Tarkiblarning texnikaviy kо‘rigi vagonlarning, ularning avtotormoz jihozlarining texnikaviy holatini tekshirish, nosozliklarini aniqlash maqsadida о‘tkaziladi. Nosoz vagonlar tarkibdan ajratilmay ta’mirlanadi yoki maxsus ta’mirlash yо‘llarida va depoda ta’mirlash uchun uzatiladi.
Tarkiblarning tijorat kо‘rigiga yuklarning ochiq harakatdagi tarkibga tо‘g‘ri joylashishi va mahkamlanishini, vagonlarning eshiklari va lyuklari tо‘g‘ri yopilib mahkamlanganligini va plombalarning butunligini, sisternadan yukning oqmayotganligini, vagonning holatini tekshirish kiradi.
Texnikaviy va tijorat kо‘riklarini, hamda vagonlarni tarkibdan ajratmay ta’mirlashni shtatida qabul qilib-topshiruvchilar bо‘lgan texnikaviy xizmat punkti (TKP) hodimlari bajaradi. Texnikaviy va tijorat jihatdan poyezdlar bilan ishlash amallarini ikki va undan guruhdan iborat brigada amalga oshiradi. Brigada tarkibiga nosozliklarni aniqlovchi kо‘ruvchilar va ularni bartaraf etuvchi chilangar-ta’mirchilar kiradi.
Vagonlarning yuk hujjatlari lokomotiv brigadasida saqlanadi. Ushbu hujjatlar plombalangan holda lokomotiv brigadasiga GU-48 shaklidagi kitobga imzo chekib topshiriladi. Bekatda lokomotiv brigadalari о‘zgartirilganda yangi hujjatlarni bekatga kelgan lokomotiv brigadasidan bevosita qabul qilib oladi. qabul qilish va topshirish jarayoni mashinist marshrutlarida vaqtni kо‘rsatgan holda imzolanadi. Poyezdning qayta ishlov bekatiga kelganida texnikaviy kontora xodimi yoki park navbatchisi lokomotiv brigadasidan hujjatlarni qabul qiladi, hujjatlarning ushbu poyezdga mosligini, ularning butligini tekshiradi va hujjatlarni qabul qilgani haqida mashinist marshrutiga imzo chekadi. 3.1-rasmda qayta ishlovsiz tranzit poyezd bilan ishlashning texnologik grafigi keltirilgan.

Download 194.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling