“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
17
To‘lqin Tog‘ayqulov,
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Nuroniy va faxriylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning
ijtimoiy faolligini rivojlantirish boshqarmasi
boshlig‘i o‘rinbosari
NURONIY VA KEKSALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA
DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatda nuroniy va keksalarni qo‘llab-quvvatlash borasida
davlat tomonidan olib borilayotgan siyosat mazmun-mohiyati, uning asosiy yo‘nalishlari bayon
etilgan.
Kalit so‘zlar: keksalarga oid siyosat, keksalar haftaligi, nuroniylar maskanlari, uch avlod
uchrashuvi, ijtimoiy va moddiy ta’minot.
Аннотация. В данной статье описывается сущность государственной политики
поддержки пожилых и пожилых людей в стране, и ее основные направления.
Ключевые слова: политика пожилых людей, неделя пожилых людей, дома престарелых,
встреча трех поколений, социальная и материальная поддержка.
Annotation. This article describes the essence of the state policy to support the elderly in the
country, and its main directions.
Key words: policy of the elderly, the week of the elderly, nursing homes, meeting of three
generations, social and material support.
Xalqimizning boy ma’naviy merosiga nazar solsak, azaldan qariyalarni qadrlash,
e’zozlash va hurmatini joyiga qo‘yish – milliy qadriyat darajasida e’tirof etib kelingan.
Xalqimizda “Qari bilganni pari bilmas”, “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari uyning
farishtasi, saranjomi, sarishtasi” kabi maqollar bejizga aytilmagan. Shuning uchun
ham deyarli barcha o‘zbek xonadonlarida har qanday ishga kattalarning rozi-rizoligi
va yo‘l-yo‘rig‘i bilan qo‘l uriladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: |