«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 169 bo‘lgan milliy his tuyg‘ularga, milliy, madaniy, ma’naviy ehtiyojlarni har tamonlama nozik did, o‘tkir farosat bilan yondashilmoqda. Buning sababi: milliy madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va o‘ziga xosligi, ularning bir-birini boyitishi va shu qatori birikishidir. O‘zbekiston ko‘p millatli davlat hisoblanib va uning milliy xususiyatlarga to‘g‘ri yondashilsa, bu davlatning ma’naviy, ijtimoiy-madaniy taraqqiyoti uchun katta imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ko‘p millatlilikka yondashuv boshqa davlat rahbarlariga nisbatan tubdan farq qiladi, ayrimlar ko‘p millatlilik ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ko‘p millatlilikka yondoshuv boshqa davlat rahbarlariga nisbatan tubdan farq qiladi, ayrimlar ko‘p millatlilik ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi, degan fikrni ilgari sursa, u ko‘p millatlilik “... bu ko‘p millatli, bag‘rikeng, mexnatkash va olijanob xalqimizning tub manfaatlari, uning orzu- intilishlarini ifoda etadigan ana shu siyosatni jadal davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki uni yanada yuksak bosqichga ko‘taramiz” [8]. Shunday qilib, millat ichidagi turli xil turli xil moddiy turmush tarziga, turli xil moddiy turmush sharoitiga ega bo‘ladilar, ya’ni ruhiy kechinmalarga ega bo‘ladilar va ular jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga o‘z manfaatlarini ifodalagan tarzda yondashadilar. Shuning uchun ham S. Mamashokirov ana shu nozik masalaga e’tibor berish zarurligini ta’kidlab o‘tadi “... hozirdanoq, ”e’tibor berish zarurligini ta’kidlab o‘tadi: “... hozirdanoq, bir millat o‘z ehtiyojlari va manfaatlarini boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining huddi shunday intilishlarini kamsitish hisobiga ro‘yobga chiqarmasligi lozim.[9]” Shuningdek, ko‘pgina boshqa millat vakillari shu millatning urf-odatlari, an’analarini shu darajada o‘zlashtirib oladilarki, bu urf-odatlar, an’analar ularning turmush tarziga aylanadi, hamda ular shu millat ravnaqi uchun haqiqiy jonkuyarga aylanadilar. Ular boshqa millat vakillari bo‘lsalar ham, shu millatning qahramonlariga aylanadilar. Abduqahhor Ibrrohimov ana shu masalaga e’tiborni beradi: “Arman qizi Tamaraxonim o‘zbek ashula va lapar san’atini butun dunyoga mashhur etdi. Boshqird qizi Galiya Izmaylova o‘zbek balerinasi sifatida nom qozondi. Ozarbayjon farzandi Maqsud Shayxzoda, tatar o‘g‘loni Asqad Muxtor o‘zbek adabiyotini o‘zbekona xalqchil asarlar bilan boyitdilar. Buxoro yahudiylari – Sulaymon Yudakov o‘zbek klassik operasi bo‘lmish Maysarani ishini yaratdi, Manas Leviev “O‘rik gullaganda” kabi o‘nlab qo‘shiqlari bilan xalqimizni maftun ayladi. Maryam Yoqubova “O‘tkan kunlar” filmida haqiqiy O‘zbekoyim bo‘ldi”[10]. Shundan ko‘rishimiz kerakki, yuqorida nomlari tilga olingan yozuvchi,san’atkorlar xalqimiz orasidagi mashhur yozuvchi, san’atkorlar qatoridan o‘rin egalladilar. Shuni e’tiborga olish kerakki, ko‘pchilik bu adabiyotchi va san’atkorlarning millatini bilishmaydi va ularni xaqiqiy o‘zbek deb qabul qilishadi. Shu bois, tarixni adabiyot va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling