«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 167 Hususan, biz uchun nixoyatda dolzarb bo‘lgan tarix fani ham bundan mustasno emas. Tarixga oid tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda. Natijada olis va yaqin o‘tmishimizning ko‘pgina voqealarning mazmun-mohiyati, ularni yuzaga keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda”[1]. Jamiyatda millatning ruhiy ma’naviy xususiyatlari tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, o‘zining mustahkam davlatchilik siyosati yuksak vatanparvarlik ma’naviyati uzoq tarixga borib taqaladi. Shuningdek, turkiyalik olim, professor Usmon Turon tarixiy xotirani millat rivojidagi o‘rniga, belgilovchi o‘rinni ajratadi. Jumladan: u shunday yozadi: “bashariyat xofizasida mavjud bo‘lgan tarix shuurda yashar ekan, millatlar shaxsiyatini o‘stirishga, madaniyat va mafkuralarni quvvatlantirishga xizmat qiladi. O‘z xalqi tarixini bilmagan millatlar xotira va idroklarini yo‘qotib qo‘ygan davdirlarga o‘xshaydi. Bu alpozda yashayotgan millatlarning yuksalishiga yoxud o‘zligini muhofaza etishlariga, hatto ularning tarqalib ketmasligiga kafolat yo‘q[2]”. Sobiq ittifoq davridan qolgan mafkura asosida yashab bo‘lmasligini tarixiy taraqqiyot jarayoni ko‘rsatib qo‘ydi. Shu bois, sho‘rolar zamonida jamiyatdagi barcha jarayonlar “kommunistik” mafkura asosida amalga oshirilgan bo‘lib, rasman mustaqil, lekin amalda markazga bo‘ysindirilgan respublikalarda xalq ma’naviyati, qadriyati umuman hisobga olinmas edi, qolaversa, hukmron mafkura asosida jamiyat boshqarib kelingan. Turli millat va elatlardan еtishib chiqqan mutafakkirlar hukmron mafkura talablariga mos tushsa, darsliklarga kiritilgan. Masalan, «O‘zbekiston SSR tarixidan hikoyalar»[3]kitobida Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlar haqida qisqagina ma’lumot berilgan, Imom Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Zamaxshariy kabi yuzlab buyuk mutafakkir, muhaddis, ulamolar to‘g‘risida esa lom-mim deyilmagan va o‘rganishga yo‘l qo‘yilmagan. Binobarin, o‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, milliy yakdillik orqali ijobiy natijalarga ham erishilganini ko‘ramiz. Tarixiy voqealarni o‘rganishda to‘g‘ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar xukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o‘qitish va o‘rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo‘ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazarlaridan yondashildi. Tarixiy voqea-hodisalar kambag‘allarni va yo‘qsillarni himoya qilgani tarzda, ularning manfaatlariga muvofiq holda yoritildi [4]. Xalqimizning haqiqiy tarixini o‘rganishga bo‘lgan bugungi kundagi intilish tabiiy ravishda jamiyatda milliy ongni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Prezidentimiz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling