«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
164
Qadriyatlar tizimida migratsiya jarayoniga mos keladigan psixologik nazariyalardan 
biri D.A.Leontiv tomonidan taklif qilingan nazariyadir. Olim tomonidan qadriyatlar 
quyidagi uch tizimga bo‘lingan:
− 
ijtimoiy ideallar. Bu qadriyatlarning asl shakli hisoblanadi, u oiladan tortib 
to insoniyat tomonidan ishlab chiqiladi. Ijtimoiy qadriyat insoniyatning mingyillik 
tajribasi maxsuloti hisoblanadi
− 
mujassamlashgan qadriyatlar. Ijtimoiy qadriyatlar bizga mavhum tarzda kelmaydi, 
u ma’lum shaxslar tomonidan asarlar orqali yеtib keladi; 
− 
shaxsiy qadriyatlar. Odamlarning faoliyati orqali sodir bo‘ladigan, ularni maqsad 
sari еtaklaydi. Ijtimoiy qadriyatlarni tan olish orqali shaxsiy qadriyatlar shakllanadi. 
Migratsiya jarayoni yuqoridagi ikki qadriyatlarni ijtimoiy shaxsiy qadriyatlar 
to‘qnashuvi yuzaga keladi. Misol uchun g‘arb jamiyatidan sharq jamiyatiga yoki aksi 
bo‘lgan xodislar. Ushbu xodisalarda qadriyatlarni idrok qilish ikki tomoni mavjud. 
Agar migrant yangi ijtimoiy muhitni qadriyatlarini tan olmasa, nizo va to‘qnashuvlar 
yuzaga kelish ehtimoli bo‘ladi. Ushbu holatda ikkita psixologik jarayoni shaxsni idrok 
darajasi va jamiyatni darajasi o‘rtasidagi integratsiyalashuvi muhim bo‘ladi. 
Odatda, migrantlarni yangi ijtimoiy muhitga moslashish, o‘zga tilda erkin 
gaplashish, ish topish va o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bilan xodisalarni ko‘p ko‘ramiz. 
Ba’zi xollarda migrantlar yangi ijtimoiy muhitga o‘z qadriyatlari olib keladi va shu 
bilan yashash tarzini davom ettiradi. Ular o‘zlarini diniy e’tiqodi, milliy taomlarini 
asrab qolishga harakat qiladi. 
Yuqoridagi xarakterlar megopolist shaharlarda ko‘p kuzatiladi, ular o‘z qadriyati 
va yangi madaniy xususiyatlarini teng o‘zlashtira oladi. Aholisi kam bo‘lgan, chekka 
hududlarda migrantlarga nisbatan odamlar ehtiyotkor munosabatda bo‘ladi, yangi 
tendensiyalarni tez qabul qilish yoki uni inkor etishga ijtimoiy nazoratda bo‘ladi. 
Turli qadriyatlarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashda muhim mezonlardan biri 
mezbon aholining o‘z qadriyatlariga va migrantlarga bo‘lgan munosabatga bog‘liq. 
Davlat darajasida migrantlarni oqimlarini tartibga solish, migrantlarni jamiyatga 
moslashtirish modellari ishlab chiqilmoqda, ammo migrantlarni qadriyatlarini saqlab 
qolish yoki unga zid bo‘lgan g‘oyalarga qarshi psixologik himoya mexanizmlari 
shakllantirish borasida ishlash sezilarli darajada ijobiy emas. 
G‘arb tadqiqot markazlari tomonidan ushbu masala o‘rganilmoqda. Turi 
mamlakatlarda nodavlat tashkilot migrantlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘playdi 
holos. AQSh da migrantlarni idrok etishini tahlil qilib boradigan jamg‘armalar faoliyat 
olib boradi. Ushbu tadqoqot markazlarida migrantlar haqida jamoatchilik fikri o‘lchanib 
boriladi. Bunday tadqiqotlar demokratik mamlakatlarda ko‘pchilik ovozi bilan siyosiy, 
ma’anviy qadriyatlarni hamda migrantlarga qaratilgan siyosatni pragmatik mulohazalar 
bilan bog‘lash imkonini beradi. Migrantlar bilan munosabatdagi noaniqlik, ularning 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling