«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 160 Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbeiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror nuroniylarni rag‘batlantirish, ularning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash borasidagi tizimli ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. 64 O‘zbek oilalarda katta avlod vakillari tomonidan hayotiy tajribani yosh avlodga uzatish va yosh avlod vakillari tomonidan katta avlod merosini o‘zlashtirib olish, oilalarda shahslararo munosabatda ma’naviy-ahloqiy muhitni shakllantirishda keksalarning o‘z o‘rni bor. Ular ajdodlar yaratgan ma’naviy-ahloqiy qadryatlarning davomchisi sifatida yosh avlodni tarbiyalovchi murabbiy hisoblanadi. Amir Temur xonadonida o‘rnatilgan tartibga asosan, shahzodalar tarbiysi ularning onalari zimmasida emas, balki buvi-bibilarimiz zimmasida bo‘lgan. Bo‘lg‘usi olim Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim hayot bo‘lsalarda, uning oilaviy tarbiyasi bilan Saroymulkxonim shug‘ullanib kelganligi tarixiy manbalarda keltirilgan. Amir Temur o‘z navbatida bobo sifatida Mirzo Ulug‘bekning harbiy ish, davlatni idora qilish, ilm egallash borasidagi tarbiyasiga alohida e’tibor qaratadi. Natijada Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar davlat arbobi, butun dunyoga mashhur olim, еtuk falaqiyotshunos bo‘lib еtishadi. 65 Keksalarning ibratli hayot yo‘li, o‘gitlar, yillar silsilasida toblangan chuqur hayotiy tajribasi yoshlarimizning o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay olishida qariyb barcha asrlar davomida mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda. Zamonaviy jamiyat oila darajasida ham, umuman jamiyat darajasida ham avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar buni dunyoda ro‘y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘lashadi. Ularning barchasi u yoki bu tarzda insonning dunyoqarashi, turmush tarzi, shaxslararo munosabatlarining shakllanishiga ta’sir qiladi. Avlodlar o‘rtasidagi davomiylik an’analaridan voz kechish oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlardagi nizolar va nomutanosiblikni, yosh avlodning qadriyat yo‘nalishlarining o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Insonning hayot sikli ko‘p qirrali o‘zgaruvchanlik bilan tavsiflanadi. U hayotning quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi: bolalik, o‘smirlik, kattalik va qarilik. Hayotning 64 O‘zbkiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2016 dagi PF-4906-son “O‘zbekiston faxriylarni jtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Farmoni.// “Xalq so‘zi”, 2016 yil 30 dekabr 65 Amir Temur o‘gitlari:(to‘plam). – Toshkent: Navro‘z, 1992, 64-b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling