“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
159
Bo‘riyeva Mahbuba,
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot
instituti kichik ilmiy xodimi
OILADA AVLODLARARO MUNOSABATLARNI
TA’MINLASHDA KEKSA AVLODNING ROLI
Annotasiya. Maqolada avlodlar o‘rtasidagi oilaviy masalalar yoritib berilgan. Keksa avlod
vakillaridagi tajriba, o‘git, nasihatning oilaviy munosabatlarni tashkil etishda o‘ziga xos ta’siri
xususiyatlari bayon etilgan. Keksalarning o‘zbek oilalari shahslararo munosabatida ma’naviy-
ahloqiy muhitni shakllantirishdagi ta’siri tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: avlodlar o‘rtasidagi munosabatlar, avlodlararo aloqalar,shaxsiy kamolot, shaxs,
oila, avlod, o‘z-o‘zini namoyon qilish.
Аннотация. В статье освещаются вопросы семьи между поколениями. Описаны
особенности специфического влияния опыта, обучения, советов представителей старшего
поколения на организацию семейных отношений. Анализируется влияние пожилых людей на
формирование духовно-нравственной среды в межличностных отношениях узбекских семей.
Ключевые слова: отношения между поколениями, межпоколенческие отношения,
личностное развитие, человек, семья, поколение, самовыражение.
Annotation. The article highlights family issues between generations. The features of the specific
influence of experience, training, advice from the representatives of the older generation on the
organization of family relations are described. The influence of older people on the formation of
the spiritual and moral environment in the interpersonal relations of Uzbek families is analyzed.
Keywords: relations between generations, intergenerational relations, personal development,
person, family, generation, self-expression.
Bir kichik oilani hisobga oladigan bo‘lsak, oilada o‘zidan kattalarga, ya’ni ota-ona,
buvi-boboga hurmat, ularning oldida bir umr qarzdorlik burchi odamiyligimiz timsoli
hisoblanadi. Shuningdek oilada katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan ota-bobolarimiz,
onaxonlarimiz o‘giti, pand-nasihatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oqni qoradan,
yahshini yomondan farqlashda, odob-ahloq sirlarini o‘rganishda, xalqimiz hayotida
asrlardan buyon saqlanib, davom etib kelayotgan rasm-rusum va urf-odatlarni
o‘rganishda ular yaqin maslahatchiga aylanishgan.
Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvtlash,
ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash,
shuningdek, yosh avlodni xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida
tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga oid islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz
Do'stlaringiz bilan baham: |