«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Ключевые слова: пожилые люди, система ценностьей, поведение, методология С. 
Штерна.
Annotation. The article highlights the benefits of old age in terms of ensuring the stability of 
society, emphasizing the importance of the behavioral patterns and value system of older people. 
There are also proposals regarding the methodology for studying the value system of the older 
generation.
Key words: elderly people, value system, behavior, S. Stern’s methodology.
Hozirgi vaqtda aksariyat iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keksalar sonining 
ko‘payishi, ularning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati, ijtimoiy jarayonlarga ta’sir 
ko‘rsatish qobiliyati o‘sib borishi holati kuzatilmoqda. O‘zbekistonda 55 yoshdan 
oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar keksalar qatoriga kiritilgan bo‘lib, ular 
O‘zbekiston aholisining 10 foizini tashkil etadi
61
. Ba’zi manbalarga ko‘ra, 2050-yilga 
kelib mamlakatda keksa kishilar soni aholi umumiy sonining qariyb 20 foizini tashkil 
etadi
62
.
Zamonaviy jamiyatda ko‘p hollarda keksalik davri salomatlikning 
yomonlashuvi, o‘jarlik, ijtimoiy faollikning pasayishi kabi salbiy jihatlar 
61
Ўзбекистон аҳолисининг 10 фоизини кексалар ташкил этмоқда. 2021й. 
https://xs.uz/uzkr/post/
ozbekiston-aholisining-10-foizini-keksalar-tashkil-qilmoqda
62
Ўзбекистонда кексалар сони ортмоқда. https://anhor.uz/uz/society/3593-2/


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
156
bilan ifodalanishi keng tarqalgan. Biroq keksalik davrining jamiyat uchun 
ijobiy tomonlari ham mavjud. Bir qator tadqiqotlar hamda amaliy ishlar
asosida
63
keksa insonlarning jamiyat, jumladan, uning barqarorligini ta’minlashda 
ikki asosiy ijobiy jihati mavjudligi aniqlandi:
Birinchidan, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar materiallari shuni ko‘rsatadiki, 
keksalik davrida odamning ruhiy holati vazminlik, ehtiyotkorlik, xotirjamlik kabi 
xususiyatlar bilan to‘ldiriladi. Yoshi o‘tgani sari hayotning qadr-qimmati hissi oshadi
insonning o‘zini o‘zi qadrlashiga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. Keksalar o‘zlarining 
ichki dunyosi va fiziologik holatiga ko‘proq e’tibor berishni boshlab, ularda hayotning 
yangi ritmi paydo bo‘ladi. Qariyalar o‘z hayotiy tajribasi, hotirjamligi va emotsional 
barqarorligi tufayli ko‘proq fikrlashga moyil bo‘lishadi, istalgan fors-major va 
stressli holatlarni hushyorlik, vazminlik hamda sovuqqonlik bilan hal qilishadi. Shu 
bilan birgalikda keksalarda ko‘p holatlarda vazifalarini vaqtida bajarish ko‘nikmasi 
shakllangan bo‘ladi.
Ikkinchidan, yoshi katta insonlarga yoshligi va o‘tgan umrlari, oldingi davrlarni 
eslash, xotirlash, qumsash holatlari xos bo‘lib, bu holat ularning o‘zlariga bo‘lgan 
ishonchi hissini oshishiga olib keladi. Ma’lumki, qadriyatlar inson va jamiyat 
ma’naviyatining asosiy tarkibiy qismi, atrof-muhitdagi turli voqealar, hodisalar, 
jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash hamda baholash 
uchun qo‘llaniladigan tushunchalardir. Asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga meros 
bo‘lib kelgan urf-odatlar, qadriyatlar, an’analar milliylik ramzi sifatida katta qadrga 
ega. Yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblangani uchun ularni 
tarbiyasi, axborot kompetentligini oshirish zamonning dolzarb masalalari qatoriga 
kiradi. Shu o‘rinda mafkuraviy va ma’naviy xurujlarning maqsad va mohiyatini 
o‘z vaqtida anglab oladigan va ularga qarshi o‘z fikri, mustaqil dunyoqarashiga ega 
bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashda keksa avlodning va milliy qadriyatlarning 
o‘rni beqiyosdir.
Yuqorida keltirilgan ikki hususiyat keksalarning jamiyat va yosh avlod tarbiyasidagi 
ahamiyatini izohlaydi. Keksalar turmush tarzi, og‘ir vaziyatlarda o‘zini tutish 
namunasi, shuningdek, suhbatlari bilan jamiyat a’zolarining tarbiyasida muhim o‘rin 
egallaydi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda keksalarning ijtimoiy faolligini va 
yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini oshirish masalasi dolzarb sanalib, ularni ijtimoiy 
63
Преимущества пожилого возраста 
https://www.seniorgroup.ru/experts/9-preimushchestv-pozhilogo-
vozrasta/



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling