“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
154
An’analar O‘zbekiston xalqi turmush tarzi va milliy madaniyatining ajralmas qismi
bo‘lib, qadriyatlar va munosabatlar tizimida yuksak o‘rin tutadi.
Eng mustahkam
oilalar mahalliy urf-odat va an’analar asosida tashkil etilgan oilalardir.
Tarixiy madaniy qadriyatlar va o‘ziga xos milliy an’analar, jumladan,
oila instituti bilan bog‘liq bo‘lgan an’analar jamiyatimizda nafaqat saqlanib
qolgan, balki yanada rivojlanib bormoqda.
O‘zbek xalqiga xos, yoshlar ongiga singdiriladigan milliy qadriyatlardan, albatta
o‘z uyini, ona yurtini ulug‘lash, kattalarga hurmat, axloq – tarbiya,
kamtarlik,
mehmondo‘stlik, bolalarga bo‘lgan muhabbat va boshqalardir.
O‘zbekistonda urf-odat va an’analarga rioya qilish, kelib chiqishi va ijtimoiy
mavqeidan qat’i nazar, azaldan har bir insonning burchi bo‘lib kelgan.
Oilada
shaxsning axloqiy tarbiyasi, madaniy kamolotiga asos solinadi, bu
esa keyinchalik uning xulq-atvor normalarini shakllantiradi,
ichki dunyosini
boyitadi. Oila ko‘p jihatdan uning ijtimoiy va ijodiy faolligini rag‘batlantiradi,
har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga hissa qo‘shadi.
Ko‘p farzandli bo‘lish, bir oilada bir tom ostida bir necha avlod
vakillarining birga yashashi an’analari oilalar mustahkamligi,
oilaviy
nizolarning, ayniqsa, yosh oilaning shakllanish bosqichida kamayishida muhim
omil bo‘lmoqda. O‘zbek oilalarida o‘z ota-onasiga yuksak hurmat saqlanib qolgan.
Aksariyat yoshlar yangi turmush qurganlarning moddiy mustaqilligi va o‘zaro sevgi
oilani yaratish uchun zarur deb hisoblashadi.
Oilaviy an’analarga rioya qilish hayotga, o‘z
oilasiga, yaqinlariga qadrli
munosabatning namoyonidir. An’analar, bayramlar, muhim
oilaviy sanalar avloddan-
avlodga o‘tadi. Avlodlararo munosabatlar yosh avlodning an’analari, qadriyatlari va
tafakkurini shakllantiradi, dunyoqarashdagi aniq xatolardan himoya qiladi va ijtimoiy
xulq-atvorni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: