«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Ключевые слова: старшее поколение, социалная поддержка, постоянное население, 
традитсии, обычаи, поколение, родители.
Annotation. The article outlines specific peculiarities of the life of the elderly in Uzbekistan, 
state programs of supporting the elderly and preserving national values, traditions and customs of 
Uzbek nation, which is mainly the merit of the elderly.
Key words: the elderly, social support, permanent population, traditions, customs, generation
parents.
 
O‘rtacha umr ko‘rishning o‘sishi insoniyat uchun katta ne’matdir. Jamiyatning 
ijtimoiy tuzilmasida keksalar ulushini oshirish omillaridan biri - tibbiyot va tibbiy 
texnologiyalarning rivojlanishining mavjudligi hisoblanadi. Ijtimoiy-demografik 
sohadagi ushbu tendentsiyani o‘rganish, jamiyatdagi keksa odamlar ulushining o‘sishi 
keksa yoshdagi aholining hayotini o‘rganishni, ularning yangi, doimiy o‘zgaruvchan 
turmush sharoitlariga moslashishi bilan bog‘liq asosiy qarama-qarshiliklar va 
muammolarni aniqlashni dolzarblashtiradi.
Ijtimoiy farovonlik, keksalar hayotining xususiyatlarini tahlil qilish aholining 
ushbu yosh guruhini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida samarali davlat siyosatini 
amalga oshirish uchun asosdir. Bu, ayniqsa, mamlakatimizning ham, dunyoning barcha 
davlatlarida ham har bir shaxsning konstitutsiyaviy mustahkamlab qo‘yilgan huquq 
va erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida alohida ahamiyat kasb etadi.


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
152
O‘zbekiston Respublikasida keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e’tiborni 
kuchaytirish, ularning turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-
huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani 
yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini 
takomillashtirish davlat dasturlarinining eng ustuvor vazifalari hisoblanadi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida keksa avlod vakillari 
hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish keksa yoshdagi aholini qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari samaradorligini tahlil qilish, shuningdek,
bunday faoliyatni rivojlantirish imkonini beradi.
Keksa avlodni yosh kogortasining bir turi sifatida bir xil vaqt oralig‘ida va bir xil 
sharoitlarda tug‘ilgan va ijtimoiy moslashishning asosiy bosqichlarini bosib o‘tgan 
ma’lum bir guruh odamlari nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Keksa avlod 
deganda, yoshi 55 yoshdan oshgan erkaklar va ayollarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy 
guruhni tushunamiz.
Oʻzbekiston aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 35,3 million kishini tashkil qildi. 
Aholining o‘rtacha yoshi 29,1 yoshni tashkil etadi, bu uning boshqa mamlakatlarga 
nisbatan yosh tarkibini tavsiflaydi.
Oʻzbekiston aholisining 18,9 million kishi 30 yoshgacha bo‘lganlar, 11,7 million 
kishi 30 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lganlar va 4,6 million kishi 55 yoshdan kattalarni 
tashkil etgan. (1-rasm).
1-rasm
2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikada 55 yoshdan kattalar doimiy aholiga 
nisbatan 13,1 foyizni tashkil etgan. (2-rasm).



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling