“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
147
Nigora Buranova,
Toshkent arxitektura qurilish instituti,
t.f.n., dots.
KEKSALARNI QADRLASH INSONIYLIK BURCHIMIZ
Annotatsiya. Maqolada keksalarni hurmatlash insoniylik va farzandlik burchimiz ekanligi
ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Qur’on va Hadislardan ham misollar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: jamiyat, oila, keksalik, taraqqiyot, vatan, farzand, ota-ona, inson, tarbiya.
Аннотация. В статье показано, что уважение к пожилым людям — это наш долг перед
человечеством и детьми. Также приводятся примеры из Корана и хадисов.
Ключевые слова: общество, семья, старость, развитие, Родина, ребенок, родители,
человек, воспитание.
Annotation. the article shows that respect for the elderly is our duty to humanity and children.
Also, there are given examples from the Qur’an and the hadiths.
Keywords: society, family, old age, development, homeland, child, parent, man, upbringing.
“Kimki bir ulug‘ yoshga kirgan insonni yoshi uchun
hurmat qilsa, Alloh unga ham shu yoshga еtganda,
ko‘rsatgan hurmatidan ziyodaroq va afzalroq hurmat
qiladiganlarni tayyorlab qo‘yadi”
Hadisdan
Jamiyat taraqqiyotida, uning yuksalishida insonning vatani oldidagi mas’uliyati
ulkan bo‘lib, bu uning oila va jamiyatdagi har bir harakati, har bir qadamida millatining
manfaatlari, kelajagi yotganligini yurakdan his qilib yashashiga zamin yaratadi.
Bu esa o‘z navbatida fuqarolarning siyosiy ongliligi va ma’naviy еtukligi darajasi
bilan belgilanadi. Bunda albatta oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, ota-ona,
farzandlarning tarbiyasi muhim o‘rin tutadi.
Ijtimoiy omil sifatida oilaning jamiyatdagi o‘rni, farzandlarning ijtimoiy, ahloqiy
va mehnat tarbiyasiga oilaning yoshi ulug‘lari ko‘proq e’tibor bilan qaraydilar. Shu
bilan birga sog‘lom, ma’rifatli oila va u voyaga еtkazadigan har tomonlama еtuk
avlodning shu millat va mamlakat iqtisodiy-siyosiy rivojining, yurtimizning shonu
shuhrati, qudratining poydevori, farovonligining muhim shartlaridan biri keksalarga
bo‘lgan hurmat va e’zozda.
Do'stlaringiz bilan baham: |