15
turdan 19 turga oshirildi, nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul beriladigan protez-
ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarining ro‘yxati
22 turdan 27
turgacha ko‘paytirildi, sanatoriylarda sog‘lomlashtirilgan keksalar va nogironligi
bo‘lgan shaxslarning soni
43 ming nafarni tashkil etib, 20 foizga ortdi.
Davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan nuroniy va keksalarimizga e’tibor butun
yil mobaynida qilinadigan ishlarning bosh mezoni, ustuvor, markaziy vazifasiga
aylanayotgani butun xalqimizni quvontirmokda. Qarilik gashtini surayotgan
keksalarimizni e’zozlash, hurmatini joyiga qo‘yish borasida katta ishlarni bajarish
lozimdir.
Keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi
va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalar keltirish mumkin:
– qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya
ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yoshi ulug‘
insonlarga davlat xizmatlari, shu jumladan, turli ma’lumotnoma va tasdiqlovchi
hujjatlarni olish xizmatlari ko‘rsatishning eng qulay tizimini shakllantirish;
– mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy va intellektual
salohiyatini oshirish, jamiyatimizda tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini
mustahkamlashga, sog‘lom va barkamol unib o‘sayotgan avlodni tarbiyalashga beqiyos
hissasini qo‘shgan keksa avlod vakillariga munosib e’tibor qaratish chora-tadbirlarini
kuchaytirish;
– yoshlarni ota-onalarni, har bir nuroniyni chuqur hurmat qilish, e’zozlash va
ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tuyg‘usi ruhida tarbiyalash bo‘yicha aniq tadbirlarni
amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |