“Saxovat” va
“Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar uchun madaniy tadbirlar,
tanlovlar, sport musobaqalari va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
Bu kabi ijtimoiy-ma’rifiy loyihalar yoshi ulug‘ insonlar mamlakatimizda doimo
e’tibor va e’zozda ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Yoshi ulug‘ otaxonlar bilan suhbatlashar ekansiz, ular tilidan tushmayotgan
shukronalik, el-yurtga tinchlik-omonlik, elga to‘kin-sochinlik tilab qilinayotgan
duolardan ko‘ngilda yorug‘ tuyg‘ular uyg‘onadi. Hayotning ne-ne sir-sinoatlari-yu
kutilgan-kutilmagan qiyinchiliklariga dosh berib, yorug‘ kunlarga ishonchlarini
susaytirmay yashagan bunday insonlarning ibratli umr yo‘li nafaqat ularning
o‘g‘il-qizlariga, balki bugun katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan barcha
yoshlarga saboq bo‘lishga arziydi.
Xalqimizda
“Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmas” degan
maqollar bor. Ular zamiridagi ma’no shuki, keksalik umr daraxtining har jihatdan
voyaga еtgan, hosili pishib еtilgan, birgina soyasining o‘zi ming dardga davo, har bir
so‘zi ming ma’noga ega faslidir. Keksalari bor uyda qut-baraka, tinchlik-totuvlik, ahil-
inoqlik bo‘lishi ham shundan. Umrini halol mehnat bilan o‘tkazgan, solih farzandlar
tarbiyalab еtishtirgan, o‘zidan ibratli amallar qoldirayotgan bunday insonlar bilan
muloqot qilishning o‘zi katta baxt.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi
“Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-son Qarorida [2] keksa avlod vakillarini ijtimoiy
himoya qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning turmush sharoitini
yaxshilash, faol va mazmunli hayot kechirishlarini ta’minlash, boy hayotiy tajribasidan
keng foydalanish maqsadida qator vazifalar belgilangan.
O‘zbek oilalarida istiqomat qilayotgan keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan
ehtirom zamirida piru badavlat onaxonlaru-otaxonlarimizni e’zozlash, ularning
o‘gitlari, pand-nasihatlariga amal qilish, keksaygan chog‘larida tayanch bo‘la olish
singari qadriyatlar mavjud. Dasturxon atrofidagi yig‘inlarda keksa avlod vakillari
xalqimizning nodir ijod namunalari maqol, matallar, rivoyatlaru hikmatlar orqali turli
Do'stlaringiz bilan baham: |