«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
143
xil maishiy masalalar va muammolarga еchimlar ko‘rsatiladi. Keksaygan ota-onalarga 
kiyim yoki pul emas, balki oila a’zolarining shirin so‘zi va tasallisi, ruhiy daldasidan, 
e’tiboridan ortiqroq narsaning o‘zi yo‘q. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar 
bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida: 
“Nuroniy va keksalarni mahallalarda 
oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, 
yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik singari an’analarni hurmat 
qilish ruhida tarbiyalashga jalb etish” [3] vazifalar ham keng yoritilgan. 
Keksalarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat va muruvvat oiladagi uchinchi avlod 
vakillariga o‘z ota-onalarining qarilik gashtini osoyishtalik va baxtiyorlikda 
o‘tkazishlarini ta’minlaydi. Zero har birimiz kamolga еtkazgan va mislsiz muhabbat, 
beminnat non-tuzi bilan siylagan volidasiyu padari oldida bir umr qarzdordir.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, Amir Temur xonadonida o‘rnatilgan tartibga 
asosan, shahzodalar tarbiyasi ularning onalari zimmasida emas, balki buva-buvilari 
zimmasida bo‘lgan. Bo‘lg‘usi olim Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim hayot 
bo‘lsalarda, uning oilaviy tarbiyasi bilan Saroymulkxonim shug‘ullanib kelganligi 
tarixiy manbalarda keltirilgan. Amir Temur o‘z navbatida bobo sifatida Mirzo 
Ulug‘bekning harbiy ish, davlatni idora qilish, ilm egallash borasidagi tarbiyasiga 
alohida e’tibor qaratadi. Natijada Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar davlat arbobi, butun 
dunyoga mashhur olim, еtuk falakiyotshunos bo‘lib еtishadi.
Bundan ko‘rinadiki yoshlar tarbiyasida keksa avlod vakillarining alohida o‘rni 
borligi isbot talab qilmaydigan masala ekanligi hammaga ma’lum.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi turmush kechirishining yaxshilanishi 
natijasida keksa avlod vakillarining o‘rtacha umr ko‘rish yoshi ko‘payib, ularning 
soni muntazam ravishda ortmoqda. Buning natijasida, tug‘ilish ko‘rsatkichlarining 
nisbatan balandligiga qaramay, bugungi kunda respublika aholisining 

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling