“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
144
Ma’lumotlarga ko‘ra, rivojlangan davlatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya
Federativ
Respublikasi, Fransiya, Yaponiya va b.) aholisi tarkibining 25 foyizini
keksa
avlod vakillari tashkil qilib, bu ko‘rsatkichlar yil sayin o‘sish tendensiyasiga
ega bo‘lmoqda.
Yoshlar bilan bobo-momolariga munosabati qandayligi xususida suhbat
o‘tkazilganda, ular oilada keksa avlod vakillarining birgalikda yashashi bir qator
oilaviy ziddiyatlarni еchimiga asos bo‘lishini quyidagi xulosalarda kuzatish mumkin:
1. Oilada keksa avlod vakillarining bo‘lishi er va xotin o‘rtasida ziddiyatlarning
ochiq namoyon bo‘lmasligini ta’minlaydi.
2. Oilada ishlab topilgan mablag‘ni to‘g‘ri taqsimlashda
keksalar tajribasi,
moliyaviy madaniyati yoshlarga har jihatdan o‘rnak bo‘ladi.
3. Oilada yangi tug‘ilgan chaqaloqni sog‘lom rivojlantirishda keksalar ishtiroki
ijobiy rol o‘ynaydi. Tajribasiz kelin qaynonasi yoki onasi oldida o‘zini dadil tutadi.
Chaqaloqni barcha holatlardagi tarbiyasida momolar maktabi yosh onaga, deylik,
nevara kelinga qo‘l keladi.
4. Bobo va buvilar o‘smirlik davrini boshdan kechirayotgan
bola xulqining doimiy
nazoratda bo‘lishini ta’minlaydi. Ularning dashnom va talablari bolada u qadar
norozilik hissini paydo qilmaydi. Ota-ona tanbehi esa negadir bolaning ruhiyatiga
tez ta’sir qiladi.
5. Oilaviy
qadriyatlarning bardavomligi, halol va harom, isrof va uvol tushunchalarini
qaror toptirish ko‘pni ko‘rgan momo va bobolarning beg‘araz yordamlari diqqatga
sazovordir.
Milliy urf-odat va udumlar, qadriyatlar yoki zamonaga mos tartib-
qoidalarning yoshlarga singdirilishida bobo va momolarning boy tajriba katta
ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: