“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
141
Keksalarimiz xonadonlarimiz ko‘rki, avloddan avlodga
o‘tib kelayotgan qadriyatlarimiz, an’analarimiz, bebaho
merosimizning donishmand egalaridir.
Qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo‘lsa,
bu oilada albatta fayzu baraka, farovonlik, ahillik bo‘ladi.
Oila murg‘ak vujud qalbida eng pokiza tuyg‘ularni shakllanishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Dunyoga kelgan farzand aynan oila bag‘rida bir qator dastlabki hayotiy
ko‘nikmalarni egallaydi. Darhaqiqat, qadimdan milliy urf-odat va an’analarimizni
yosh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol, ma’nan еtuk, mehr-oqibatli,
saxovatpesha, o‘zgalar dardini his qila oluvchi, yiqilganga tirgak bo‘la
oladigan
insonlar qilib tarbiyalashda sog‘lom oila muhiti asosiy o‘rin egallaydi.
Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi sifatida madaniy-ma’rifiy hodisalar,
urf-odatlar, an’analari zamirida inson qadr-qimmatini oshishiga xizmat qiladi. Oilada
bolaga salomlashishdan tortib to‘g‘ri oqatlanish, kiyinish, kattalar
va tengdoshlar bilan
o‘zaro muloqot, jamoatchilik ichida o‘zini tutish singari ma’naviy-ma’rifiy, yurish-
turish bilan bog‘liq qadriyatlar singdirib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar
bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida:
Do'stlaringiz bilan baham: