«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
157
himoya qilish, rag‘batlantirish hamda moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bosqichma-
bosqich amalga oshirilayotganligi ijobiy holat sanaladi.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, so‘nggi o‘n yilliklarda globallashuv, integratsiya 
va jamiyat modernizatsiyasi jarayonlari tufayli nafaqat yoshlarning, balki qariyalarning 
qadriyatlari hamda ongida o‘zgarishlar tufayli ularning o‘zini o‘zi anglashi, ijtimoiy 
o‘zaro munosabatlarga yo‘nalganlik holatlari o‘zgacha ko‘rinish kasb etmoqda. 
Zamonaviy gumanistik va ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida jamoatchilik ongining 
ma’naviy qadriyatlari tobora ustuvor ahamiyat kasb etib, keksalar qadriyatlar tizimi 
ijtimoiy-madaniy tizimning o‘zagiga aylanmoqda. Zero ular asosida kelajak avlod 
shakllanishi va tarbiyalanishi kerak. Bu vaziyat yoshlar va o‘rta avlod qadriyatlari 
barobarida keksalar qadriyat tizimini o‘rganish muhimligidan dalolat beradi. Aholi 
qadriyatlar tizimini o‘rganishda xorijiy hamda milliy adabiyotlar tahlili natijasida 
ularning aksariyatida keksalar qadriyatlar tizimini o‘rganishda ikki jihatga e’tibor 
qaratish lozimligi aniqlandi:
Milliy adabiyotlar va tadqiqotlarning aksariyatida qadriyatlar klassifikatsiyasi yеtarli 
darajada asoslanmagan va berilmaganligi tufayli mavjud qadriyatlarni baholash hamda 
o‘lchash maqsadida, avvalo, ularning jamiyatimiz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
optimal klassifikatsiyasini keltirish muhimligi masalasining dolzarbligini oshirmoqda;
Aholi, jumladan, keksalar qadriyatlarini o‘rganish maqsadida olib boriladigan 
tadqiqotlarning metodologiyasi va instrumentariysini ishlab chiqish jarayonida 
xorij tajribasi, qadriyatlar klassifikatsiyasi, shuningdek, Sh.Shvarsning qadriyatlarni 
baholash metodologiyasi asosida jamiyatimizga mos metodologiyani yaratish maqsadga 
muvofiq.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, keksa avlod turmush tarzi va qadriyatlar 
tizimini o‘rganish butun jamiyat va uning istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Shu 
bilan birgalikda qadriyalar tizimini har tomonlaman o‘ylangan va sifatli metodologiya 
asosida tadqiq qilish orqali ularning qadriyatlar ierarxiyasini to‘g‘ri baholash hamda 
prognozlashtirish imkonini beradi.

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling