Kalit so‘zlar: mirgatsiya, migrant, qadriyatlar, moslashish, yangi ijtimoiy muhit.
Аннотация. В данной статье показана роль системы ценностей в адаптации мигрантов
к новой социальной среде. Освещены теории зарубежных ученых о ценностях мигрантов.
Даны предложения и рекомендации по поддержке миргантов.
Ключевые слова: миграция, мигрант, ценности, адаптация, новая социальная среда.
Annotation. This article shows the role of the value system in the adaptation of migrants to a
new social environment. Theories of foreign scientists about the values of migrants are highlighted.
Suggestions and recommendations for supporting Mirgants are given.
Key words: migration, migrant, values, adaptation, new social environment.
Hozirgi kunda xalqaro migratsiya jarayoni jahon taraqqiyotining еtakchi
hususiyatlaridan biriga aylandi. Ushbu jarayon mamlakatlarning taraqqiyotiga,
millatlararo, ijtimoiy va xalqaro nizolarning vujudga kelishiga qisman bo‘lsa ham
bog‘liq hisoblanadi. Keng miqyosdagi migratsiya muhojir jamoalarning shakllanishi,
mezbon mamlakatlarda millatchilik partiyalarni faoliyatini kuchayishi va milliy
o‘zlikni himoya qilish bilan bog‘liq jarayonlarni kuchaytiradi. Ziddiyatlarni oldini
olish, millatchilik tendesiyalarini zaiflashtirish uchun muhojirlarni qabul qiluvchi
jamiyatda integratsiyalash mexanizmini yaratish kerak.
Migrantlarni mezbon mamlakatlar jamiyatiga integratsiyalashuvi har doim ham
oson kechmagan. Chunki integratsiyalashuv jarayonini quyidagi murakkab tarkibiy
qismlari mavjud; ekologik, fuqarolik, diniy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik
va madaniy. Arab mamlakatlari, Lotin amerikasi va Xitoy davlatlarida yashayotgan
migrantlarni integrallashuvi qiyin kechadi. Migrantlarga nisbatan “integratsiyasi”
atamasini ilk bor fanga rus olimi E.Nitoburg tomonidan kiritilgan bo‘lib, u yahudiylarni
AQShning ijtimoiy-madaniy muhitiga integratsiyalashuvi misolida ko‘rib chiqqan.
Migrantlar oldida mezbon jamiyat qadriyatlari va o‘z qadriyatlari to‘qnashuvi
yuzaga keladi. “Qadriyat” tushunchasi fanlararo tushunchalardan biri bo‘lib, u falsafa,
sotsiologiya, iqtisodiyot va boshqa fanlarda ham turlicha talqinga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |