“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
166
Qambarov Abdujabbor Boxroliyevich,
Namangan davlat pedagogika instituti
“Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi”
kafedrasi katta o‘qituvchisi
JAMIYATDA MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA
TARIXIY TAFAKKUR VA TARIXIY XOTIRANING O‘RNI VA
AHAMIYATI.
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekistonda milliy ma’naviyatimizni tiklash, xalqimizning
ongi-tafakkurida eski ma’naviy-mafkuraviy aqidalarini yo‘qotib, jamiyatimizda milliy ruh va
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish masalasi yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan
iboratdir.
Kalit so‘zlar: tarixiy tafakkur, tarixiy xotira, jamiyat, qadriyatlar, tarixiy ong, mustaqillik, milliy
ruh, ma’naviyat.
Аннотация. Данная статья направлена на разработку предложений и рекомендаций
по вопросу восстановления нашей национальной духовности в Узбекистане, ликвидации
старых духовно-мировоззренческих убеждений в сознании нашего народа, формирования
национального духа и патриотических чувств в нашем обществе.
Ключевые слова: историческое мышление, историческая память, общество, ценности,
историческое сознание, независимость, национальный дух, духовность.
Annotation. This article is aimed at developing proposals and recommendations on the restoration
of our national spirituality in Uzbekistan, the elimination of old spiritual and ideological beliefs
in the minds of our people, the formation of a national spirit and patriotic feelings in our society.
Key words: historical thinking, historical memory, society, values, historical consciousness,
independence, national spirit, spirituality.
Mustaqillik xalqimizga milliy o‘zlikni, bebaho qadriyatlarimizni, eng muhimi,
milliy tafakkurimizni qaytarib berdi. Jamiyatimiz oldida turgan ezgu maqsadlarga
erishish, milliy o‘zlikni qayta anglash, unga rahna soluvchi turli “madaniyat”lar
xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan yoshlarni voyaga
еtkazish xozirgi davrda avlodlararo vorisiylikni ta’minlashni taqozo qilmoqda. Demak,
jamiyatning tarixiy ma’naviy ildizlari, urf-odat, an’analariga asoslangan ma’naviy
hayotning asosiy tamoyillarini tiklamay turib, kelajak hayotni qurib bo‘lmasligi
anglashimiz kerak. Xususan, Prezidentimiz aytganlaridek, “Milliy ma’naviyatimizni
rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, hayotiga sindirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning
ahamiyati katta. Afsuski, hozirgi paytda bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |