«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Iqtisodiy-ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Iqtisodiy-ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha
a) Tajriba almashish platformalari (masalan yoshlar qariyalarga kompyuter 
savodxonligi darslari, qariyalar o‘z kasbidan kelib chiqib turli darslar)
b) Qariyalar uchun turizm xizmatlari
c) Qariyalar uchun turli sport to‘garaklari
d) Qariyalar uchun o‘quv markazlari 
81
Kickul J., Lyons T.S. Understanding social entrepreneurship: The relentless pursuit of mission in an ever 
changing world. Routledge, 2016. 350 p.


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
203
IV. 
Qariyalar uchun maxsus mobil ilovalar va dasturlar
a ) telemeditsina xizmatlari
b) kardiokompleks
c) mobil telefonlarda yordam chaqirish tugmasi va hokazolar. 
Yurtimizda keksa avlodning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ijtimoiy 
tadbirkorlikning institutsional asoslarini shakllantirish bo‘yicha muvaffaqiyatli 
amaliyot sifatida “Buvijonlar maktabi” loyihasini misol keltirishimiz mumkin. 
Olimlar tomonidan ijtimoiy tadbirkorlik bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib 
borilayotganiga qaramay, ijtimoiy tadbirkorlikka oid ilmiy tadqiqotlar, xususan, 
sotsiologik tahlil nuqtai nazaridan va O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
istiqbollari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga tizimli yondashuv zarurligi saqlanib 
qolmoqda.
Shunday ekan, ijtimoiy tadbirkorlikni, shu jumladan, ijtimoiy tadbirkorlikning 
mohiyati, dinamikasi va rivojlanish istiqbollarini ijtimoiy-iqtisodiy o‘rganish bo‘yicha 
ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini ko‘paytirishni maqsadga muvofiq. Ijtimoiy tadbirkorlikning 
huquqiy maqomi tasdiqlanishi va ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi 
normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi, shuningdek, ijtimoiy tadbirkorlik uchun 
imtiyozlar va subsidiyalar belgilanishi ham milliy iqtisodiyot va ijtimoiy siyosatimizda 
muhim bosqich hisoblanadi.
Ijtimoiy tadbirkorlik ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka erishishning samarali 
vositalaridan biridir. Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlarning resurs 
salohiyatini aniqlash va bu jarayonni hududdagi mavjud muammolarni hal etish 
bilan integratsiyalashuvi hududlarda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy barqarorlikni 
ta’minlaydi. Shuningdek, bunday ijtimoiy ahamiyatga molik tashabbuslarning hayotga 
tatbiq etilishi aholi, jumladan, qariyalar uchun qo‘shimcha imkoniyat va istiqbollarni 
ochib bermoqda.
Shunday qilib, ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatning keyingi iqtisodiy 
ijtimoiy barqarorligini ta’minlash uchun zarur; ushbu jarayonning muhim omillari:
• ijtimoiy tadbirkorlikning asosiy masalalarini tartibga solishning normativ-huquqiy 
bazasini shakllantirish;
• subsidiyalar va imtiyozlar masalalari;
• ijtimoiy tadbirkorlikka oid ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish;
• ijtimoiy tadbirkorlik amaliyotini joriy etishda hududlarning resurs salohiyati va 
ijtimoiy muammolarini aniqlash.
O‘zbekistonda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imkoniyat va shart-
sharoitlar yaratish yuz minglab ish o‘rinlari va yangi iqtisodiy infratuzilma ob’ektlarini 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling