«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
201
siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bi keksa avlodni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab 
quvvatlashdir. Jumladan, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirildi, 
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash vazirligi tashkil etilishi, mahallalarda 
“Keksalar maslahati” guruhlari va “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashlari 
tashkil etilishi kabi institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. 
Keksa avlodni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, mavjud muammolarni 
bartaraf etishning samarali vositalaridan biri ijtimoiy tadbirkorlikdir. Nisbatan yangi va 
innovatsion hodisa sifatida bu aholi turmush darajasi va sifatini hamda iqtisodiyotning 
raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirishga yordam beradi, bu esa aynan hozirda 
pandemiya tufayli jahon va milliy iqtisodiyotlarda kuzatilayotgan inqirozli holatlar 
va iqtisodiy-ijtimoiy barqaror rivojlanish dinamikasining pasayishi sharoitida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
“Ijtimoiy tadbirkorlik” atamasi ilmiy jamoatchilikka faqat 20-asrda kirdi, ammo 
bu hodisaning kelib chiqishi, ehtimol, ancha qadimgi. “Ijtimoiy tadbirkorlik” (ing. 
sotsial entrepreneurship) va “ijtimoiy tadbirkor” (ing. social entrepreneur) atamalari 
birinchi marta 1960–1970-yillarda ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan ingliz tilidagi 
adabiyotlarda tilga olingan. Piter Drukerning so‘zlariga ko‘ra, “ijtimoiy tadbirkor 
butun jamiyatning mahsuldorligini o‘zgartiradi”
79
.
Gregori Dizga ko‘ra, ijtimoiy tadbirkorlar ijtimoiy sektordagi o‘zgarishlarning 
agentlari bo‘lib, ular quyidagi xususiyatlarga ega:
• 
ijtimoiy ahamiyatga ega biznes yaratish va saqlashga qaratilgan maqsadni 
qabul qilish;
• 
ushbu maqsad bilan bog‘liq yangi imkoniyatlarni aniqlash va tinimsiz amalga 
oshirish;
• 
uzluksiz innovatsiya, moslashish va o‘rganish jarayonida ishtirok etish;
• 
mavjud resurslar bilan cheklanmagan shiddatli harakat;
• 
ular ishlayotgan ijtimoiy guruhlar taqdiri va ularning faoliyati natijalari uchun 
mas’uliyat hissini oshirish
80
.
Ijtimoiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati bu ijtimoiy komponentdir, ya’ni ushbu 
hodisaning maqsadi ham, subyektlar faoliyatining asosi ham yangi yaratilgan qiymat 
79
Дэвид Борнштейн Как изменить мир. Социальное предпринимательство и сила новых идей=How 
to change the World: Social Entrepreneurs and the Power of New Ideas. – М: Альпина Паблишер, 2015. 
– 496с.
80
Джилл Кикал, Томас Лайонс. Социальное предпринимательство: миссия — сделать мир лучше = 
Understanding Social Entrepreneurship: The Relentless Pursuit of Mission in an Ever Changing World. 
— М.: Альпина Паблишер, 2014. — 304 с.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling