«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 198 yangi davrga kelib ochlik, og‘ir mehnat, yuqumli kasalliklar, savodsizlik, jaholat singari inson hayotini qisqartiruvchi omillarni bartaraf qilish yo‘llari topildi. Insonga nisbatan buyuk burilish yuz berdi. Endi uning yoshligi ham, keksaligi ham birday qadrlanadigan bo‘ldi. Zamonaviy xalqaro taqqoslash tizimi 1939-yili Sog‘liqni saqlash Amerika assotsiatsiyasi demografik seksiyasi tomonidan taklif qilingan yosh kvalifikatsiyasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Unga ko‘ra 1 yoshgacha – chaqaloqlik, 1 – 4 – maktabgacha yosh, 5 – 14 – maktab yoshi, 15 – 24 yosh – o‘smirlik davri, 15 – 44 yosh – eng faollik davri, 44 – 64 – o‘rta yosh, 65 – 74 yosh – keksalikning ilk davri, 75 yoshdan keyin – keksalik davri 76 . Albatta, hamma xalqlarda ham bu ko‘rsatkichlarga rioya qilishning imkoni yo‘q, zero, bir qator Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo xalqlarida o‘rtacha umr davomiyligi hali rivojlangan mamlakatlar darajasidan ancha past. Zamonaviy tibbiyot yutuqlari yashashning o‘rtacha davomiyligini ancha uzaytirgan bo‘lsa-da, uning eng yuqori chegarasida katta o‘zgarish yuz bermadi. Bronza davri kishisining o‘rtacha yashash davomiyligi 18 – 20 yosh, Rim imperiyasining boshlang‘ich davrida bu ko‘rsatkich 23 yoshgacha uzaydi, faqat XIX asr oxiriga kelib 70 yoshga yaqinlashdi, XXI asr boshida ayrim mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80 yoshdan oshdi, natijada XX asrda 65 yoshdan katta kishilarning aholi umumiy sonidagi ulushi uch – to‘rt marta ko‘paydi 77 . Kuchayib borayotgan aholining qarish jarayoni so‘nggi o‘n yilda jamiyatda keksa avlodning ijtimoiy-iqtisodiy roli jiddiy o‘zgarganiga alohida e’tiborni jalb qilmoqda. Ayni paytda “keksalik” tushunchasining umumiy ta’rifi mavjud emas, zotan turli jamiyatlarda u insonning jismoniy faolligi va ijtimoiy rolidagi o‘zgarishlarga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, odamlar nabirali bo‘lganda yoki pensiyaga chiqib, kamroq ishlab boshlaganda keksa hisoblanadi, ammo ko‘pchilik mamlakatlarda biologik yosh, ya’ni ma’lum davr yashagan kishi keksa hisoblanadi. Bunday holatda asos qilib biologik davrlashtirish olinadi, unga ko‘ra keksalik inson hayotining ma’lum davri bo‘lib, u organizm avlod qoldirish qobiliyatini yo‘qotishi bilan boshlanadi va sog‘liqni yo‘qotib borishdan o‘limgacha davom etadi. Shu tariqa keksalik 45–50 yoshdayoq boshlanishi kerak, zero demografiyada insonning avlod qoldirishga qobiliyatli davri 15–49 yosh, tug‘ilish past bo‘lgan hollarda 15–44 yosh qilib belgilangan. Ammo 76 Русанова Н.Е. Понятие возраста в демографии и совремнное старшее поколение / Народонаселение, – №2, 2013. – С. 63 – 64. 77 Василенко Н.Ю. Социальная геронтология: Учебное пособие. – Владивосток: ТИДОТ ДВГУ, 2005. – С. 22. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling